Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVIDAGI ISSIQXONALARGA POMIDOR VA BODIRING KO’CHATLARI EKILMOQDA

×

 2022-09-08 15:02:33    56

PDF yuklash
Chop etish


Aytish lozimki, o’tayotgan 2022 yil tumanimiz ta'rixida unutilmas yil sifatida mo’hrlanadi. Chunki berilayotgan e'tibor tufayli kunning asosiy muammosi - aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan keng ko’lamli amaliy ishlar qilindi.

        Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan Qal'acha mahallasining Javpaya massivida 1 000 gektar bo’lgan, qishloq xo’jaligida foydalnmaydigan yerlarni o’zlashtirish orqali yuzlab fuqarolarimiz daromad manbaiga ega bo’ldilar. Massivda tashkil etilgan issiqxonalarda qilingan mehnat va sa'y-harakatlar tufayli mehnatkash xalqimiz daromad olishga muvaffaq bo’lishdi. Ekilgan ziroatlarning ichki bozorga chiqarilishi bois, mehnat qilgan fuqarolar munosib daromad olishdi. "Harakatdan barakat" degan maqol bu yilgi sa'y-harakatlar tufayli o’z isbotini topdi.

        Ayni kunda Javpayada issiqxona tashkil etgan tadbirkorlarimiz yangi hosilni ekish va daromad olish ilinjida harakat qilishayotir. Tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning ma'lumotiga ko’ra, Javpayaga bugun 2 000 to’p pomidor va bodiring ko’chatlari (1 000 donadan) olib kelinib, fuqarolarga yetkazib berildi.

        Bugun issiqxonalarda ish qizg’in. Tadbirkorlarimiz va issiqxonalar egalari olib kelingan ziroatlarni ekishga kirishishgan. Pomidor va bodiringdan tashqari, barcha issiqxonalarga "bir hudud, bir mahsulot" tizimi asosida chesnok ham ekiladi.

        Massivga "obi hayot" tortish ishlari oktyabr oyidan davom ettiriladi. Kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va namatak ekish ishlariga ham bugundan hozirlik ko’rilayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram