Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR YO’LI BILAN OQAVA SUV TIZIMI TA'MIRLANMOQDA

×

 2022-09-08 14:59:30    125

PDF yuklash
Chop etish


        Qishloq xo’jaligi ziroatlarini parvarishlanishida suvning o’rni beqiyos. Bejizga suvga "obi hayot" deb ta'rif berilmagan. Barchamizga ma'lumki, tumanimizning aksariyat hududlarida sug’orish suvi tanqisligi kunning asosiy muammosiga aylanib qolgan. Suv qadrini ayniqsa, Hushyor, Qizilqiyoq va Sharqobod mahallalari hududida fa'oliyat olib boradigan mirishkorlar yaxshi bilishadi.

        Ayni kunda mazkur muammoni bartaraf etilishida sa'y-harakatlar qilinayotir. So’x tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi boshlig’i O’tkirjon Boltaboyevning so’zlariga ko’ra, bo’lim ishchi-xodimlari Qizilqiyoq-Sharqobod yo’nalishidagi sug’orish arig’ini ta'mirlashga qattiq bel bog’lashgan.

        - Ariqning, ya'ni suv yo’lining umumiy uzanligi salkam 4 kilometrni tashkil etadi. Ushbu yo’nalishdagi ariqni ta'mirlash uchun hashar tashkil etdik. Hashar yo’li bilan yangi, qo’shimcha ariq ham barpo etmoqdamiz. Hasharni tashkil etilishida bizga 3-sektor rahbariyati va "Hushyor" shirkat xo’jaligi ma'muriyati yaqindan yordam berishayotir, ularga rahmat, - deydi O’tkirjon Boltaboyev.

        Tabiiy ofat tufayli zarar ko’rgan Sharqobod yo’nalishidagi kanal ham ta'mirlanmoqda. Ushbu ariq suvidan Sharqobod mahallasidagi salkam 300 gektar yer maydoni sug’oriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram