Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEVAYRON MAHALLASIDAGI SEL YO’LI BYUDJET MABLAG’LARI HISOBIDAN TA'MIRLANMOQDA

×

 2022-09-08 14:56:37    126

PDF yuklash
Chop etish


        Xabaringiz bor, tumanimiz tog’li hududda joylashgani bois, ayni purviqor tog’lar og’o’shida joylashgan Devayron mahalla fuqarolar yig’inida bundan ikki yil oldin yuzaga kelgan suv toshqinlarida mahallaning ko’p fuqarolariga moddiy zarar yetkazilgan. Sel-suv toshqinlarini oldini olish va hududlarda joylashgan sel yo’llarini ta'mirlash maqsadida maxsus dastur va loyiha ishlab chiqilgan va ayni kunlarda ushbu loihalar asosida Devayron mahallasida sel yo’lini ta'mirlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilayotir.

        Davlat dasturi asosida bugun tumanimizning Devayron hududida amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlariga barcha kuch va vositalar jalb etilgan. So’x tumani “O’nqirsoy” sel yo’lini qurilish-ta'mirlash ishlari "NEW LUCKY BUILDER" xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarga davlatimiz byudjetidan 1 milliard 591 million so’m yo’naltirilgan.

        Devayron mahallasi fuqarolarining so’zlariga ko’ra, ta'mirlanayotgan sel yo’li “Qo’zibek dahasi” nomlanadi. Qurilish-ta'mirlash ishlariga mahalliy aholi ham yaqindan yordam berishayotir.

        Bugun qurilish maydonida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev qurilish ishlariga biriktirilgan korxona vakillari bilan uchrashdi. Qurilish ishlarini sifatli etib bajarish va ushbu ishlarni qattiq jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirish yuzasidan tuman hokimi tomonidan ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram