SO’X TUMANIDA KARTOSHKA YIG’IM-TERIMI BOSHLANIB KETDI
2022-09-08 14:49:01 125
So’xning qishloq xo’jaligi sohasi deganda, eng avvalo ko’z oldimizga tumanimizning dovrug’i olamga doston bo’lgan kartoshkasi keladi. Tumanda kartoshkachilikning o’ziga xos maktabi yaratilgan.
Kuz fasli kirib kelishi bilan tumanda kartoshka yig’im-terimi boshlanib ketadi. Ayni kunda tumandagi “So’x”, “Ozod” va “Hushyor” shirkat xo’jaliklari mirishkorlari yil davomida peshana teri bilan yetishtirilgan kartoshka hosilini yig’ib-terib olishga kirishishgan.
Ma'lumot o’rnida shuni aytish lozimki, tumanimiz dehqonlari kartoshkaning bir gektaridan 60 tonnagacha hosil olishga muvaffaq bo’lishgan. So’xning kartoshkasi nabalki o’zining xosildorligi, balki o’zining notakror shirin ta'mi bilan ham dovrug’ qozongan.
- Bu yili mehnatkash dehqonlarimiz va shirkat xo’jaligida fa'oliyat olib borayotgan ijarachilarimiz kartoshka hosilidan ayniqsa, mo’l-ko’l va ko’ngildagi hosilni olishga muvaffaq bo’lishayotir. Chunki bu yilgi ob-havo va suvning serobligi ko’zda tutilgan natijani qo’lga kiritishga zamin yaratdi. Bobo-dehqonlarimizning chehralarida tabassum, chunki qilgan mehnat va harakatlari o’z natijasini bermoqda, - deydi “Ozod” shirkat xo’jaligi raisi Mo’soboy Sotivoldiyev.
Ma'lumot o’rnida: tumanda fa'oliyat ko’rsatayotgan shirkat va fermer xo’jaliliklar hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalar hisobidagi 700 gektar ekin yer maydonlariga kartoshka ekilgan bo’lib jami 12 600 tonna kartoshka yetishtirilishi prognoz qilinmoqda. Hozirda jami 28 gektar kartoshka kovlab olinib, 488 tonna shirkat va fermer xo’jaliklar hamda dehqon ijorachilar omborlariga kartoshka zaxira qilindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram