JARAYON
2022-09-07 17:34:48 135
So’x tumanidagi Qal'acha mahallasida joylashgan Javpaya massivida Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi bilan qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirish va uni hudud fuqarolariga biriktirish bo’yicha amaliy ishlar bajarildi. Natijada Javpayada 147 ta issiqxona barpo etilib, hudud aholisi undan foyda va daromad olish maqsadida mehnat qilishayotir.
Issiqxonalar aksariyat fuqarolarga bank krediti va 20 nafar kam ta'minlangan fuqarolarga subsidiya asosida berildi. Ayni kunda issiqxonalarni yangi mavsumga tayyorlash yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda.
Shuningdek, Javpaya massividagi ochiq yerlarni o’zlashtirish bo’yicha ham ishlar olib borilyapti. Xabaringiz bor, Farg’ona viloyati hokimining So’x tumaniga tashrifi chog’ida massivga suv tortish ishlarini jadallashtirish yuzasidan ko’rsatmalar berilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram