Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR HUDUDIDA TOVUQ VA QO’Y PARVARISHI YO’LGA QO’YILADI

×

 2022-09-07 17:31:45    118

PDF yuklash
Chop etish


        Tuman hokimi Sayidbahrom SAyidmusayev tumanimizning 1-sektorida joylashgan G’aznov mahallasida bo’lib, bu yerda olib borilayotgan ishlar, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi va uyma uy yurish orqali hududdagi muammo va kamchiliklarni o’rganish maqsadida fuqarolar bilan uchrashib, so’hbatlashdi. Mahalla aholisi bilan samimiy so’hbat qilgan tuman hokimi barcha muammo va kamchiliklarni birgalikda yechish asosiy omil ekanligini qayd etdi.

        Tuman hokimligi va saxovatpesha homiylar, qo’li ochiq tadbirkorlar tomonidan mahallada yashaydigan, kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan fuqaro Gulzoda Miryoqubovaga yangi uy qurilmoqda. Yangi uy qurilishini oxiriga yetkazish maqsadida tuman hokimi qurilish materiallarini yektazib berish bo’yicha mahalla raisiga ko’rsatma berdi va qurilish materiallarining bir qismini o’z hisobidan qoplashni ta'kidladi.

        Mahalla markazida bir guruh fuqarolar bilan uchrashgan tuman hokimi bo’layotgan barcha ishlarga xayrixoh bo’lib, eng avvalo hudud obodonchiligiga hissa qo’shish lozimligini qayd etdi. Mahalla aholisi ham hudud muammolari bo’yicha tuman hokimiga murojaat etdilar.

        21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi pedagogik jamoasi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda tuman hokimi muassasada fa'oliyat olib borayotgan barcha o’qituvchilarni yangi 2022-2023 o’quv yili boshlanishi munosabati bilan tabriklab, eng asosiy vazifa sidqidildan ishlash va o’sib kelayotgan barkamol avlodni Vatan koriga yaraydigan kadrlar bo’lib yetishlari uchun harakat qilish lozimligini ta'kidladi. Zero davlatimiz rahbari tomonidan maktab ishiga berilayotgan e'tibor shuni taqozo etadi.

        Maktab sinfxonalari holatini ko’zdan kechirgan tuman hokimi barcha kabinetlarni ta'mirlash bo’yicha taklif bildirdi. Sinfxonalarni ta'mirlash va bu ishda amaliy kumak ko’rsatish bo’yicha xalq ta'limi bo’limi mudiri Habibjon Jo’rayev tashabbus ko’rsatib, maktabdagi kabinetlardan birini o’z hisobidan ta'mirlab beradigan bo’ldi. Ushbu taklif tuman hokimi tomonidan ma'qullandi va endilikda saxovatpesha tashabbuskorlar tomonidan maktabda ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. O’qituvchilar xonasi ta'mirini o’z ziimasiga olgan tadbirkor Fazliddin Dodokarimov tomonidan barcha kerakli mahsulotlar maktabga yetkazib beriladi.

        Uchrashuv jarayonida maktabda fa'oliyat olib borayotgan o’qituvchilar muammolari ham o’rganildi. Davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor asosida ish olib bori asosiy vazifa ekanligi qayd etildi.

        Tuman hokimi tomonidan aholini o’zini o’zi band qilish bo’yicha ham amaliy ishlar qilinmoqda. "Ozod" shirkat xo’jaligi hududida joylashgan bo’sh turgan omborda bugun tuman hokimi tashabbusi bilan parrandachilik yo’lga qo’yildi. Ayni kunda bu yerda 200 bosho’dan ortiq tovuqlar parvarishi yo’lga qo’yilgan. Mazkur hududni ko’zdan kechirgan tuman hokimi kelgusida bu joyda qo’y parvarishini yo’lga qo’yiilishini ta'kidladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram