MAKTABLARDA 2022-2023 O’QUV YILINING “BIRINCHI QO’NG’IROG’I” CHALINDI
2022-09-05 16:44:22 152
Bugun tumanimizning barcha ta'lim muassasalarida 2022-2023 o’quv yili boshlanishi munosabati bilan "Birinchi qo’ng’iroq" tadbiri bo’lib o’tdi va bu tadbirlar ko’tarinkilik bilan o’tkazildi.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanning G’aznov mahallasida joylashgan 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib, bu yerda amalga oshirilgan obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.
“Birinchi qo’ng’iroq” tadbiri mazkur maktabda ko’tarinkilik bilan o’tdi. Maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabriklab, tuman hokimi Prezidentimiz tomonidan ta'lim sohasini isloh qilishga berilayotgan e'tibor, ayniqsa, So’x tumani talaba yoshlariga ko’rsatilayotgan g’amxurlik haqida gapirib, mazkur maktab tumanda o’ziga xos mavqega ega ekanligini ta'kidladi. Chunki maktabning 45 nafar bitiruvchilaridan bu yili 14 nafar talaba yoshlar oliy ta'lim dargohlariga kirishga muvaffaq bo’ldilar.
Tadbir davomida tuman hokimi tomonidan birinchi sinf o’quvchilariga Prezident sovg’alari taqdim etildi. Bu yili tumanimiz maktablariga 1 712 nafar talaba birinchi sinflarga qabul qilindi. Jami o’quvchilar soni 18 071 nafarni tashkil etadi.
O’quv yili boshlanishi munosabati bilan maktablarda birinchi dars “Mustaqillik darslari” sifatida o’tkazildi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman halq ta'limi bo’limi mudiri Habibjon Jo’rayevlar mazkur maktab o’quvchilariga dars o’tdilar.
Maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashgan tuman hokimi maktab jamoasini qiynayotgan muammolarni ham o’rgandi. Tuman hokimi tashabbusi bilan maktabning aksariyat sinfhonalari ta'mirlanadigan bo’ldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram