Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVATPESHA TADBIRKOR TASHABBUSI BILAN SALKAM 1 KILOMETR YO’L ASFALTLASHTIRILDI

×

 2022-08-27 17:06:58    83

PDF yuklash
Chop etish


        Aytish lozimki, davlatimiz rahbari e'tibori va g’amxurligi asosida oxirgi yillarda tumanimizda keng ko’lamli qurilish-ta'miralsh va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ayni inson manfaatiga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bugungi kunda o’zining mantiqiy davomini topayotir.

        Tumanimizning obod va ko’rkam go’shaga aylantirishga bo’lgan sa'y-harakatlar ham o’zining ijobiy natijasini bermoqda. Bunga saxovatpesha tadbirkorlarimizning tuman obodonchiligiga qo’shayotgan hissalarini alohida qayd etish lozim.

        Istiqlolimizning 31-yillik to’yi arafasida 4-sektor hududidagi Guliston mahalla fuqarolar yig’ini hududida saxiy insonlar sa'y-harakati tufayli 841 metr masofadagi “Sayl” ko’chasi asfaltlashtirildi. Asfaltlashtirish ishlariga salkam 400 million so’m mablag’ sarflandi. Barcha mablag’lar saxovatpesha tadbirkor O’ktamjon Zaripov tomonidan yo’naltirildi.

        Taqdimot marosimida ishtirok etgan tuman sektorlari rahbarlari bunday saxovatpesha insonlarning Vatan oboldigiga qo’shayottan hissalarini alohida ta'kidlab, bunday xayri ishlar bardavom bo’lishiga ishonch bildirdilar. Ezgu tilak va niyatlar bilan yangi ta'mirlangan ko’chaning ramziy lentasi qirqildi.

        Mahalla ahli va barcha gulistonliklar bunday saxovat uchun tadbirkorga samimiy minnatdorchilik bildirdilar. Ushbu yanglik munosabati bilan kontsert dasturi tashkil etilib, bir piyola choy ustida ziyofat ham uyushtirildi.

        Yangi O’zbekistonni barpo etilishida saxovatmand fuqarolarimiz ham mana shunday xayrli ishlari bilan ishtirok etishayotir. Ezgu niyatlar bilan amalga oshirilayotgan saxiy insonlarning saxovat amallari bardavom bo’lsin!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram