Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSTAQILLIK BAYRAMINI MUNOSIB KUTIB OLISH MAQSADIDA MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI TASHKIL ETILDI

×

 2022-08-27 17:00:50    60

PDF yuklash
Chop etish


        Mustaqillikning 31-yillik to’yini munosib kutib olish maqsadida tumanimiz hududlarida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonovning so’zlariga ko’ra, bunday ishlar mazkur mahalla hududida keng quloch yoygan.

        - Biz obodonchilik ishlarini mahalladagi Hazrati Ali ziyoratgohidan boshladik. Buning uchun barcha mahalla xodimlarini jalb etdik. Mahallaning boshqa hududlarida ham bunday ishlar olib borilmoqda. Maqsadimiz xush kayfiyat va ko’tarinkilik bilan bayramni munosib kutib olishdan iborat. Mahallamiz hududidagi qabristonlar va ziyoratgohlarda ham mustaqilligimizning 31-yilligi munosabati bilan obodongarchilik ishlari amalga oshirilmoqda, - deydi mahalla raisi.

        Shuningdek, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi tashshabusi hamda saxovatmand fuqarolar homiyligi asosida bugun Hazrati Ali mahalasining markaziy ko’chasiga 2022−2026 yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining 7 yo’nalishi"ning bannerlari o’rnatildi.

        Bundan ko’zlangan asosiy maqsad taraqqiyot strategiyasi mazmun va mohiyatini aholiga targ’ib qilishdan iborat ekanligini mahalla raisi o’z ma'lumotida ta'kid etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram