IJTIMOIY KUMAKKA MUHTOJ FUQAROLAR DOIMIY E'TIBORDA
2022-08-25 18:23:22 123
Aytish lozimki, ayni ulug’ ayyomlar arafasida, bayram tadbirlarida kam ta'minlangan fuqarolar, ijtimoiy kumakka muhtoj oilalar holidan xabar olish odamiylikning ezgu amallaridandir. Shikasta qalblarga tashrif insonlar qalbida mehr-muhabbat, samimiylik va xayrixohlik kabi fazilatlarni uyg’otadi.
Kam ta'minlangan fuqarolar holidan xabar olish O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Farg’ona viloyati qo’riqlash boshqarmasi So’x tumani qo’riqklash bo’limi xodimlari uchun an'anaga aylanib qolgan. Mazkur bo’lim boshlig’i Rustamjon Mamajonovning so’zlariga ko’ra, bo’lim xodimlari bayram arafasida Sharqobod mahallasiga tashrif buyurdi.
Qo’riqlash bo’limi xodimlari istiqlolimizning 31-yillik to’yi arafasida sovg’a salomlar bilan tabriklash maqsadida So’x tumani Sharqobod mahalla fuqarolar yig’ini “Farovon” ko’chasida yashovchi, “Ayolar daftarida” turuvchi fuqaro Abduraxmonova Mahbubaxon Hasanboyevna xonadonida bo’lib, onaxon holidan xabar oldilar.
Onaxonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Onaxon o’z xursandchiligini samimiy so’zlar va ezgu tilaklardagi duolar ila izhor etdi.
So’x tumani hokmiligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram