Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAMGA TAYYOGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-08-22 11:16:52    81

PDF yuklash
Chop etish


        "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!". Ushbu ezgu shior ostida tumanimizda bugungi kunda barcha jabhalarda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini xalqimizning ko’tarinki kayfiyatidan ham bilishimiz mumkin.

        Agar oxirgi ikki yoxud besh yildagi ishlarni sarhisob qiladigan bo’lsak, birgina So’x tumanida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarning barchasida Respublikamiz hukumati va Prezidentimizning e'tibori va g’amxo’rligi mujassam.

        Inson qadri ulug’langan yurtda barcha ezgu amallar va bajarilayotgan ishlar mana shu xayrli maqsadni ko’zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatdlidir. Bo’layotgan e'tibor va g’amxurliklarga xayrixohlik va xolis nazar bilan qarash bo’layotgan ishlar samarasini yanada kupaytiradi.

        Tumanimizda olib borilayotgan ishlar ham mana shunday ezgu amallar natijasi hisoblanadi. Quvonarlisi, shunday xayrli amallarda xalqimiz ham faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

        Devayron mahallasida qurilayotgan va ayni damda foydalanishga topshirish arafasida bo’lgan yangi uy-joylar hududida ham bugun ish qizg’in. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan boshlangan hashar obodonchilik ishlari bilan davom etmoqda.

        Yangi uylar hovlisida "Yashil makon" umumimilliy loyihasi doirasida archa darxtlari va turli xil gul ko’chatlari ekilib, o’tqazildi. Bu ishlarda ayniqsa, mahallaning yoshlar yetakchisi faollik ko’rsatmoqda.

        Shuningdek, tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari ham yangi "dom"larga elektr liniyasi tortish va elektr energiyasi ta'minotini yo’lga qo’yish maqsadida faoliyat olib borishmoqda. Yangi uylar hududiga yangi transformator o’rnatildi va soha xodimlari tomonidan elektr liniyalari tortildi.

        Soha mutaxassisining so’zlariga ko’ra, mazkur tarmoqda o’lchash va test ishlari olib borilgandan so’ng, butun uylar elektr tarmog’i bilan to’liq ta'minlanadi.

        Ma'lumot uchun: tumanimiz 1-sektori hududidagi Devayron mahallasidagi yangi ko’p qavatli uy-joylarga davlatimiz byudjetidan 10 milliard 90 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Mazkur ikkita 5 qavatli har biri 60 xonadondan iborat yangi uy-joylarni yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram