SO’X TUMANIDA ALIMENT TO’LAMAGAN OTA QAMALDI
2022-08-19 09:15:00 128
Majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi davlat ijrochilari tomonidan uzoq muddatdan buyon aliment qarzini to’lashdan bo’yin tovlab kelayotgan qarzdorlar aliment to’lamaslik ma'muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida bir necha marta ogohlantirib kelingan.
Lekin, qarzdor R.X. tamonidan 18.537.000 so’m aliment qarzini to’lashdan bo’yin tovlab kelgan va sud qarori talabini bajarmaganligi sababli, unga nisbatan to’plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo’yicha So’x tumani sudiga yuborilgan.
18.08.2022 yil kuni JIB So’x tuman sudi tomonidan qarzdor R.Xga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 47.4-moddasiga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Majburiy ijro byurosi So’x tumani bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram