Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAXSUS TAKTIK-O’QUV MASHQI O’TKAZILDI

×

 2022-08-18 17:14:37    86

PDF yuklash
Chop etish


           Tumanimiz miqyosida istiqlolimizning 31-yillik to’yiga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Tuman markaziy o’yingohida favqulodda vaziyatlar bo’limi tashabbusi bilan o’tkazilgan maxsus taktik-o’quv mashqlari ham ayni shu maqsadni o’zida mujassam etdi.

           “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va uy-joy fondini 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash va o’tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda tuman FVDT xizmatlarining o’zaro xamkorligini tashkil etish” mavzusidagi o’tkazilgan mazkur tadbirda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.

Maxsus taktik-o’kuv mashqlarida tuman hokimining o’rinbosari Sodiqjon Murzosv ishtirok etdi va tadbir jarayonida o’kuv-mashqga jalb qilingan fuqaro muhofazasi xizmatlari va tegishli korxona-tashkilotlar shaxsiy tarkibi va texnikalarining saf ko’rigi utkazildi.

           Tadbir davomida ishtirok etgan barcha xizmatlar vakillari favqulodda vaziyatlarda harakatlanish va jabrlanuvchilarga amaliy yordam ko’rsatish yuzasidan ma'lumotlar berdilar.

           Tadbirda kuz-qish davrida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish yuzasidan doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarning tayyorgarligi tekshirildi.

Tuman fuqaro muhofazasi yig’ma komandasi va doimiy tayyorgarlikdagi fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shayligi, maxsus texnikalarining sozligi, kerakli asbob-anjomlar bilan ta'minlanganligini o’rganish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berib, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda to’g’ri xarakat kilishga tayyorligi o’rganildi.

Maxsus taktik-o’kuv mashq rejasiga asosan belgilangan o’quv nuqtalarida tuman fuqaro muxofazasi doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalari tomonidan avariyalarni bartaraf etish, yong’in o’chirish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va fuqarolarni tartibli ravishda evakuatsiya kilish amaliy tadbirlari bajarildi.

                      So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram