Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 190 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZ MARKAZIGA NAQLIYOT VA PIYODALARNING HARKATINI TARTIBGA SOLUVCHI YANA BITTA SVETOFOR O’RNATILDI

×

 2022-08-18 09:09:42    74

PDF yuklash
Chop etish


        Aytish lozimki, bugun Respublikamizning eng olis va chekka hududlari ham obod va ozoda go’shaga aylanib bormoqda. Birgina So’x tumanida amalga oshirilayotgan ishlar asrlarga teng desak, mubolag’a emas. Bevosita davlatimiz rahbarining e'tibori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bu olis go’shaning yanada chiroy ochishi va obod bo’lishiga sabab bo’layotir.

        Xabaringiz bor, bir paytlar So’x tuman maqomida bo’lsa ham, unda naqliyot harakatini tartibga soluvchi svetofor yo’q edi. Tumanda svetoforning yo’qligini hatto "Pole chudes" boshlovchisi Leonid Yakubovich ham bilgan va bu bo’yicha shousining ishtirokchisiga savol ham bergan. Tabiiyiki, ishtirokchi savolga javob topa olmagan. Bugun So’xni dunyo tanimoqda. Buning hammasi davlatimiz rahbari e'tibori va g’amxurliklarining samarasidir.

        Bugun tumanimizga yana bitta svetofor o’rnatildi. AT "Xalq Bank"i joylashgan chorrahaga o’rnatilgan yangi svetofor asosan transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga solish uchun xizmat qiladi.

        Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyevning so’zlariga ko’ra, Istiqlol mahallasining kirish qismiga o’rnatilgan bu svetofordan tashqari, tumannig boshqa hududlariga ham naqliyot harakatini tartibga solish maqsadida svetoforlar o’rnatiladi.

        Ma'lumotlarga ko’ra, kelgusida yo’llarda harakatni tartibga solish va yo’l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida o’rnatilgan svetoforlardan tashqari ko’zatuv videokameralari ham o’rnatilishi rejalashtirilgan.

        Darhaqiqat, yo’llarda transport vositalari va piyodalarning harakati tartibga solinsa, birinchi navbatda inson salomatligini asrashda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram