Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 135 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LENBURDAGI ICHKI KO’CHALARDA BETONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2022-08-17 10:47:20    125

PDF yuklash
Chop etish


        Istiqlolimizning 31-yillik to’yi arafasida tumanimiz hududida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bayramga munosib peshvoz chiqish maqsadida 1-sektor hududidagi Lenbur mahallasi fuqarolari ham obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishayotir.

        Bunday xayrli ishlarga lenburliklarni mahalla miqyosida davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari undamoqda. mahallaning ichki ko’chalarida betonlashtirish ishlarining olib borilishi aholining xursandchiligiga sabab bo’layotir.

        - Mahallamiz hududida bu yili ko’p ishlar qilindi. Aksariyat xonadonlarga ichimlik suvi tarmog’i tortildi. Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, agar qurilayotgan suv ombori foydalnishga topshirilsa, Lenburning har bir xonadoniga "obi hayot" kirib keladi. Ichki ko’chalarimiz ham bugungi kunda davlat dasturi asosida betonlashtirilmoqda, - deydi mahalla raisi G’ayratjon Ne'matov.

        Soha xodimlari tomonidan bugun mahallaning "Lochin" ko’chasida betonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 500 metr masofaga salkam 250 million so’m mablag’ yo’naltirilgan ushbu jarayon jamoatchilik nazorati ostida davom etmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram