Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 156 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHADAGI ESKI SIMYOG’OCHLAR YANGISI BILAN ALMASHTIRILMOQDA

×

 2022-08-17 09:41:12    125

PDF yuklash
Chop etish


        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgust kungidagi “Farg’ona viloyatining So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4798-sonli qarori hamda “Obod qishloq” davlat dasturlariga asosan tumanda 2021 yilda boshlangan qurilish, obodonlashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, ichki yo’llarni ta'mirlash, elektr va tabiiy gaz tarmog’ini ta'mirlash bo’yicha ishlar jadal sur'atlarda davom ettirilmoqda.

        Xabaringiz bor, bu yili tumanimizning Chashma va Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inlari "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan bo’lib, ushbu dastur asosida mazkur mahallalarda qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti.

        Ayni kunda Qal'acha mahallasidagi ichki ko’chalarda elektr tarmog’ini modernizatsiya qilish va sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida So’x tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda. Eski simyog’ochlar o’rniga yangi temir-beton tayanchlar o’rnatilib, zamonaviy sip kabellar tortish ishlari olib borilmoqda.

        Ma'lumot uchun: tumanimizdagi mahallalarda elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida 2021 yilda tumanga 2,4 mlrd so’mlik 5 dona yangi transformator, 683 dona temir-beton tayanchlar olib kelindi va 23 km yangi elektr tarmoqlari tortildi.

        Ayni kunda tumanimiz hududidagi barcha mahallalarda qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Istiqlolimizning 31-yillik to’yi arafasida bunday ishlar jadallki bilan davom etmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram