Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARIMIZNING ICHKI KO’CHALARI HAM OBOD BO’LMOQDA

×

 2022-08-16 17:02:10    49

PDF yuklash
Chop etish


        Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’ini hududida o’tgan yetti oy davomida keng ko’lamli obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Investitsion dastur asosida mahallaning ichki ko’chalarida betonlashtirish ishlari olib borildi.

        Mahalla ahli bilan uchrashgan tuman hokimi ular bilan so’hbatlashdi. Bo’layotgan o’zgarishlardan xursand bo’lgan mahalla ahli bunday e'tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

        Mahalla yoshlar yetakchisi Muhib A'zamjonovning so’zlariga ko’ra, bu yili mahallaning ichki ko’chalarida betonlashtirish ishlari olib borilib, shu kungacha 500 metr ichki ko’chalar ta'mirlandi va bu xayri ishlarga davlatimiz byudjetidan qariyb 250 million so’m mablag’ yo’naltirildi. Bunday xayrli ishlar mahallaning "Quvvi" ko’chasida ham amalga oshirilib, mahalla ahli ishtirokida mazkur yangi betonlashtirilgan ko’chaning "ramziy lentasi" ham qirqildi.

        Aytish lozimki, mahallada hali qilingadigan ishlar ko’p. Quvonarlisi, muammo va kamchiliklar bosqichma bosqich o’z yechimini topmoqda. Tuman hokimi mahalla ahli bilan bo’lib o’tgan so’hbat chog’ida ichki ko’chalarning qolgan qismi ham ta'mirlanishini qayd etdi.

        - Buning uchun ozgina sabr va nuroniylarimizdan duo lozim, chunki barcha kamchilik va muammolar navbati bilan yechilmoqda. Mahallaning barcha ichki ko’chalarida ham shag’allashtirish va betonlashtirish ishlari albatta amalga oshiriladi, - dedi tuman hokimi so’hbat davomida.

        Darhaqiqat, agar har birimiz bo’layotgan o’zgarishlarga xayrixoh bo’lsak, barcha muammo va kamchiliklar albatta o’z yechimini topadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram