Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 221 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA OBODLIGI – YURT OBODLIGI

×

 2022-08-16 16:58:16    76

PDF yuklash
Chop etish


     Istiqlolimizning 31-yillik to’yini munosib kutib olish maqsadida tumanimiz hududida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonovning so’zlariga ko’ra, mahallada bayramga bag’ishlab keng qamrovli targ’ibot ishlari amalga oshirilayotir.

           - Tumanimiz hokimi tomonidan olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida berilgan topshiriqlarini ijro etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgiladik va mahalla fuqarolar yig’ini qoshida tashkil etilgan “Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati” komisiyasi a'zolari ishtirokida mahalla hududidagi xonadonlar va ijtimoiy soha ob'ektlari o’rganildi. Mahallamizda tashkil etilgan va yaqinda foydalanishga topshirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi muammolar o’rganildi va uning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar xabardor qilindi, - deydi mahalla raisi.

        Mahalla raisining ma'lumotiga ko’ra, aholi o’rtasida istiqlol bayramini munosib kutib olish maqsadida “Mahallabay” tizimi orqali xonadonma xonadon va uymauy yurish orqali targ’ibot ishlari olib borilayotir. Targ’ibot ishlari samarasi o’laroq, fuqarolar mahalla obodonchiligiga e'tibor qaratishmoqda. Ko’chalarni tozalash, devorlarni oqlash, daraxtlarga shakl berish va ko’chalardagi ariqlarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

        Ishlar samarasini kuchaytirish maqsadida mahalla raisi tashabbusi bilan hashar ham tashkil etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram