"SOHIL" DA QURUVCHILAR KUNI TANTANALI TARZDA NISHONLANDI
2022-08-13 17:06:36 372
Prezidentimizning 2017 yil, 7 avgustdagi 5136-sonli Farmoniga asosan Respublikamizda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi "O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni" sifatida nishonlanadi. Oltinchi marotaba qayd etilayotgan mazkur bayram tadbiri bugun tumanimizning "Sohil" dam olish maskanida tantanali tarzda nishonlandi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari soha vakillarini qutlab, tumanda ushbu soha xodimlari sa'y-harakatlari tufayli keng ko’lamli qurilish-ta'miralsh, obodonlashtirish ishlari olib borilayotganini ta'kidlab o’tdilar. So’x tumanida quruvchilarning o’ziga xos maktabi borligi va ushbu soha vakillari sharofati tufayli tumanimiz kundan kunga chiroy ochib borayotganini ta'kidlagan tuman hokimi Vatan ravnaqiga o’z hissasini qo’shgan bir guruh marhum qo’li gul ustalar va quruvchilar nomini faxr bilan tilga oldi.
Tadbir davomida bir guruh soha faxriylari - quruvchi va me'morlarga, shuningdek, ayni kunda ushbu sohada fa'oliyat olib borayotgan bir guruh faollarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi. Tantanali bayram tadbiri bir piyola choy ustida, san'atkorlarning diltortar ko’y-qo’shiqlari bilan yanada fayzli va chiroyli o’tdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram