Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ENG ULUG’, ENG AZIZ BAYRAM OLDIDAN HUDUDLARDAGI TAYYORGARLIK ISHLARI O’RGANILDI

×

 2022-08-12 09:48:21    114

PDF yuklash
Chop etish


        Ayni kunda tumanimizda mustaqillimgimizning 31-yillik to’yiga bag’ishlab keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilayotir. Tuman hududlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishi maqsadida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi ishchi guruh 1-sektor hududidagi mahallalarda bo’lishdi.

        Aytish lozimki, So’x tumanida bevosita davlatimiz rahbari e'tibori asosida keng ko’lamli qurilish-ta'miralsh va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Buni har bir hududdagi amaliy ishlardan ko’rish mumkin.

Devayron mahallasida barpo etilayotgan yangi sel yo’li ham bevosita mana shu e'tibor tufaylidir. Qiymati salkam bir yarim milliard bo’lgan bu inshootda bugun quruvchilar mehnat qilishayotir. Tuman hokimi bevosita quruvchi tashkilot mutasaddilari bilan uchrashib, barcha ishlarni sifatli etib bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Har bir ish yoxud amalning zamirida inson manfaati mujassam. Bas shunday ekan, har birimiz mana shuni nazarda tutgan holda fa'oliyat olib borishimiz zarur.

        Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini hududida ham "Obod qishloq" dasturi asosida olib borilayotgan ishlar qal'achaliklarni quvontirmoqda. Bugun dastur asosida mahallada yangi tibbiyot maskani qurilishi boshlab yuborilgan. Shuning barobarida mahalladagi tadbirkorlar ham hududning rivojlanishiga hissa qo’shishayotir. Barpo etilayotgan yangi va zamonaviy binolar ham kelgusida xalqimizga xizmat qiladi.

        Tuman hokimi tavsiyasi bilan bugun mahallada keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Saxovatpesha homiylar kumagida mahalladagi barcha uylar devorlari sifatli etib suvab, oro berilmoqda. Tashabbuskor yoshlar va bu ishga bel bog’lagan fidoiylarga oylik maosh beriladi.

        Shuni alohida ta'kidlash lozimki, 1-sektor mahallalari hududidagi aholi asosan dehqonchilik bilan shug’ullanishadi. Hududda shuning barobarida qishloq xo’jaligini barcha sohalarini rivojlantirishga imkoniyat bor. Ayniqsa, asalarichilik, baliqchilikni rivojlantirishga bel bog’lagan tadbirkorlar borki, bu sohalardan sezilarli darajada foyda am olishmoqda. Tuman hokimi mahalladagi chorvachilik fermasini borib ko’rdi va sohani rivojlantirishga oid tavsiyalarini berdi.

        Hududdagi bo’sh turgaan binolardan foydalanib, parrandachilkini rivojlantirishga oid taklif bergan tuman hokimi ishchi guruh a'zolari bilan hududdagi mazkur binolarni ko’zdan kechirdi. "Ozod" shirkat xo’jaligi hududidagi bo’sh turgan binoda endilikda parrandachilikka ixtisoslashtirilgan xo’jalik tashkil etiladi.

        Shirkat xo’jaligi hududidagi maydonda bugun tadbirkor Olimjon Domulloyev tashabbusi bilan yangi va zamonaviy uy-joylar qurilmoqda. Xususiy sektor hisobidan qurilayotgan mazkur binolar ham fuqarolarga kredit asosida beriladi. 

        Sektor binosida barpo etilgan yangi MTT fa'oliyati ko’zdan kechirilib, muammolari o’rganildi. Muassasaga toza ichimlik suvi yetkazib berish va elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash yuzasidan kerakli ko’rsatmalar berildi.

        O’rganishlar jarayonida tuman hokimi hudud fuqarolarini qabul qildi va ularning murojaatlari bo’yicha ishlar olib borildi. Endilikda fuqarolar muammolari "Mahallabay" tizimi orqali uyma uy yurish orqali o’rganilishi va hal etilishi ta'kidlandi.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram