OILA TOTUVLIGI – YURT TINCHLIGINING ASOSIY OMILIDIR
2022-08-11 18:49:23 152
Tuman madaniyat markazida So’x tumanida oilaviy ajrimlar bilan bog’liq holatlarni bartaraf etish, shuningdek, xotin-qizlar muammolarini hal etilishi yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar xususida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Respublika bosh prokuraturasi, Farg’ona viloyat prokuraturasi, Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlarp boshqarmasi boshlig’i va mazkur sohaga daxldor bo’lgan vakillar ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olganlar Respublikamizda oilaviy ajrimlar bilan bog’liq holatlarni bartraf etilishiga alohida e'tibor qaratilayotganligi haqida gapirib, barcha qilinayotgan e'tibor zamirida inson manfaati mujassamligi, oila muqaddas dargoh ekanligini ta'kidladilar va bu masalaga aslo befarq bo’lmaslik lozimligini qayd etdilar.
Ta'kidlandiki, So’x tumanida oilalar mustahkamligini, ularda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, jamiyat farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Konstitutsiyamizda ham oila to’g’risida alohida bob ajratilib, oila manfaatlari muhofaza qilinayotganligi va oila mustahkamligi tamoyillari belgilanib, kafolatlanganligi bejiz emas.
Tadbirda tuman miqyosida oilaviy ajrimlar va ularning kelib chiqish sabablari xususida alohida to’xtatildi.
Tahlillarga ko’ra, So’x tumanida 27 ta mahalla fuqarolar yig’inidan 4 tasida ajrim holatlari oshgan, 23 tasida ajrim kamaygan. Jami ajrim 20 taga kamaygan bo’lsada, Tul mahallasida 2 taga (3-5), Gaznov mahallasida 1taga (2-3) oshgan. Sarikanda mahallasida 5 ta ajrim qayd etilgan bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko’rsatgich oshmagan bo’lsada, yuqoriligicha qolmoqda.
Tadbirda Respublika Bosh prokuroturasi xotin-qizlar huquqlarni ta'minlash hamda ularni tazyiq va zuravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig’i O’tayev O’ktam Choriyevich, Respublika Bosh prokuroturasi boshqarma boshlig’i Ibrohimov Baxtiyor Toyirovich, Respublika Bosh prokuroturasi xotin-qizlar huquqlarni ta'minlash hamda ularni tazyiq va zuravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori Yusupov Faxriddin Maxsudbekovich, Farg’ona viloyati prokurori urinbosari Ismoilov Begzod Aliquziyevich, Farg’ona viloyati hokim o’rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Kovlonova Komila Anvarovalarning so’zlarida ajrim sabablari tahlil qilib berildi.
Yosh nikohlanuvchilarning oilaviy hayotga tayyor emasligi oqibati 25 ta ajrim qayd etilgan bo’lib, o’tgan yilning mos davrida 6 taga kamaygan. Farzandsizlik sababli ajrimlar 4 ta bo’lib o’tgan yilning shu davrida 13 taga kamaygan. Uzoq yillar bir oila bo’lib yashamaslik sababli ajrimlar 22 ta bo’lib o’tgan yilning shu davrida 2 ta, ya'ni 20 taga ortgani so’zga chiqgan mutasaddilar tomonidan qayd etildi.
Tadbir davomida tumanda yashab, namuna bo’layotgan bir-necha oilalar va ularning ahilligi alohida ta'kidlandi. Shuningdek, ajrim yoqasiga kelib qolgan, biroq yarashtirilgan oilalar a'zolari ham zalda hozirligi va ular tanlab olingan yo’l to’g’ri ekanligi qayd etiib o’tildi.
Tadbir jarayonida eng namunali oilalarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Xuddi shunday qimmatbaho sovg’alar kam ta'minlangan, yarashib olgan va yosh oilalar a'zolariga ham topshirildi.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, mehnat faxriylari Salohiddin Zavharov, Subhiddin Sharofiddinovlar ham masalaga oid o’z fikrlarini bildirib, tashkilotchilarga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.
Aytish joyizki, bugungi shiddat bilan o’zgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham O’zbekiston o’z istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni e'zozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi an'anaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon bo’lmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram