“AYOLLAR DAFTARI” DAGI XOTIN-QIZLARIMIZ DOIMIY E'TIBORDA
2022-08-11 09:15:54 149
Mamlakatimizda “Ayollar daftari”ni yuritish, xotin-qizlar muammolarini o’rganish, ularning hohish-istaklarini amalga oshirish uchun yangicha yondashuv va yangicha ishlash tizimni joriy etildi.
So’x tumanida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi asosida jami 14015 xonadonlarga birma-bir kirilib, 30 yoshdan yuqori bo’lgan 15 ming 762 nafari bilan bevosita muloqotlar o’tkazildi. O’tkazilgan o’rganishlar natijasida ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga muhtoj bo’lgan 1 ming 334 nafar xotin-qizlarning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 31 mart kungi 145-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xotin qizlar muammolarni o’rganish va hal etish tizimin yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq quyidagi 6 ta toifa bo’yicha ro’yxatlari shakllantirib, tuman bo’yicha 1334 nafar “Ayollar daftari”ga kiritildi.
Jumladan, bu ko’rsatgich sektorlar kesimida - 1-sektorda 271 nafarni, 2-sektorda 475 nafarni, 3-sektorda 227 nafarni va 4-sektorda 361 nafarni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun: Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollar- 870 nafarni tashkil etadi.
Shundan tadbirkorlik qilish istagida bo’lganehtiyojmand xotin qizlar 33 nafar, boquvchisini yo’qotgan ehtiyojmand ayollar - 192 nafar, ijtimoiy yordamga muhtoj I-II guruh nogironligi bo’lgan yollar - 157 nafar, qaramog’ida bir va undan ortiq nogironligi bo’lgan bolalari mavjud yolg’iz ayollar - 82 nafarni tashqil etadi. Tumanimizda uy-joyini ta'mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo’lgan ayollar mavjud emas.
Bugungi kunda So’x tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1 ming 334 nafar ayollardan 1290 nafariga yordam ko’rsatildi. Bu ko’rsatgich foiz hisobida 97 %ni tashkil etadi.
Jumladan, 44 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan taminlandi, 47 nafari kasb-hunarga o’qitildi, 62-nafarini haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali, 773-nafarini o’zi-o’zini band qilish orqali, 361-nafarini boshqa yunalishlar orqali bandligi taminlandi.
6-nafarini kooperatsiyalarga jalb etish orqali ishga joylashtirildi, 37-nafari pilachilik orkali bandligini taminlangan bo’lib, 15-nafarini investitsiya loyihalariga asosan yangi ish o’rinlariga joylashtirildi.
Shuningdek, 405-nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam kursatildi, 14-nafariga tuman “Xalq bank” tomonidan kredit ajratildi, 4-nafariga issiqxona tashkil qilish uchun 114 milion 900 ming so’m miqdorida, 4-nafariga tikuvchilik qilish uchun 51 million so’m, 1 nafariga bog’dorchilikni rivojlantirish maqsadida asbob-uskuna xarid kilish uchun 10 million so’m kredit berildi.
80 nafari xotin-qizlarimiz Xorazm va Toshkent shahriga imtiyozli ravishda, ya'ne bepul sayyohat qilib keldilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram