Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Millatga e'tibor – kelajakka e'tibor

×

 2022-08-06 15:19:21    120

PDF yuklash
Chop etish


Millatga e'tibor – kelajakka e'tibor

         Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining So'x tumaniga tashrifi chog'ida ta'lim tojik tilida olib boriladigan maktablardagi muammo va kamchiliklar muhokama etilib, bu bo'yicha Saidov Baxtiyor Odilovichga tuman muallimlari murojaat etishgan edi. Tul mahallasining 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan uchrashuvda tumanimizning 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinflar o'qituvchisi Mullojon Fayziddinov bevosita vazir bilan uchrashib, kunning asosiy va dolzarb bo'lgan muammolari, So'xlik o'qituvchilarni qiynayotgan kamchiliklar haqida murojaat etgan edi.

         Joriy yilning 25-26-mart kunlari boshlang'ich ta'lim fanidan malaka (test) sinovlarida ishtirok etgan  pedagog kadrlarning javob natijalarini hisoblashda (faqat tojik tilidagi o'qituvchilarning!) bir necha omillar tufayli ular yetarli ballarni yig'a olmagan. Bu holat 90 foizdan ortiq muallimlarda aniqlangan(!). Xo'sh bunga sabab nima? Naxodki o'qituvchilarning bilimi bugungi me'yorlar talabiga javob bera olmasa? Mana shunday savollar bilan o'qituvchilarimiz xalq ta'limi vaziriga murojaat etishdi va ushbu muammoni yechilishida amaliy kumak so'rashdi.

         Ma'lum  bo'lishicha, test sinovlardagi savollarda ko'p texnik xatolik,  sohaga oid bo'lmagan savollar, “Metodika” va “Malaka oshirish kurslari” tojik tilida yo'qligiga qaramay mana shu fanlardan savollar borligi aniqlangan.

         Mullojon Fayzidinovning so'zlariga ko'ra, bu holat nafaqat  Farg'ona viloyatida, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida  ham  kuzatilgan.

         Xalq ta'limi vaziri kumagi va Respublika A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektorining amaliy yordami bilan o'qituvchilar uchun muammo bo'lib qolgan attestatsiya masalasi ijobiy hal etildi. Yetarli ball to'plamagan o'qituvchilarga imkoniyat yaratib berildi.

         Demak, eng asosiy muammo ta'lim tojik tilida olib boriladigan maktablarda barcha ta'lim-tarbiya jarayonlar o'quvchi yoshlarning o'z ona tillarida olib borilishi lozim. Quvonarlisi shundaki, tumandagi aksariyat maktablarda ta'lim tojik tilida olib boriladi va bevosita dalatimiz rahbari e'tibori va sohaning jonkuyar vakillari sa'y-harkati asosida bugun o'rtadagi muammo va kamchiliklar ham bartaraf etilayotir.

         Mullojon Fayzidinovga xalq ta'limi vaziri tomonidan bevosita vazirlikning internetdagi paltformasida tojik tilida ham bo'lim ochilishi va ushbu bo'limga mas'ul etib ushbu yosh muallim biriktirishi haqida aytilgan edi.

         Darhaqiqat, ta'lim-tarbiya masalasi bugun davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lib, sohaga berilayotgan e'tibor zamirida farzandlarimiz, o'sib kelayotgan barkamol avlod taqdiri mujassam. “Yang O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” deya bejiz ta'kidlamagan davlatimiz rahbari.

         Quvonarlisi, O'zbekistonda bugun aksariyat millat namoyandalari maktablarda o'z ona tillarida tahsil olishadi, ular uchun davlat rahbari e'tibori doirasida barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratib berilgan. Bu e'tibordan samarali foydalanish soha vakillarining mas'uliyatiga bog'liq.

         So'x tumanidagi uchrashuvdan so'ng Mullojon Fayziddinov xalq ta'limi vaziri tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishga kirishdi. Vazir tavsiyasi bilan Respublika A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o'rgatish milliy - tadqiqot instituti rektori Ayubxon Radjiyev bilan uchrashdi.

         Bevosita rektor ko'magi bilan So'xlik tajribali o'qituvchilar tomonidan 20 dar ortiq ona tili, o'qish, tasviriy san'at, matematika, tabiatshunoslik, texnologiya fanlariga oid materiallar tarjima etilib, slaydlar yaratildi va ilmiy-tadqiqot institutining mutaxassislari tomonidan tojik tilidagi videodarsliklar tasvirga olindi. Bu videodarsliklar asosan maktab o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, mazkur videodarsliklarda yuqorida nomlari tilgan olingan fanlarda innovatsion, zamonaviy metod va texnologiyalardan foydalanish usullari  aniq ma'lumotlar bilan ko'rsatib o'tilgan.

         - Ushbu videodarsliklarni yaralatilishida bizga tumanimizning yosh va iste'dodli o'qituvchilari yaqindan yordam berishdi. Men shunday jonkuyar va fidoiy o'qituvchilarimiz borligidan g'ururlandim, rosti. Abatta, berilayotgan e'tibordan bugun biz samarali foydalanishimiz kerak. Men o'z minnatdorchiligimni 2-sonli UO'T maktabi  o'qituvchisi Sanjar Hisomovga bayon etmoqchiman. Chunki bu yosh va ijodkor muallim barcha slaydlarni tarjima etish va bevosita videodarsliklar yaratilishida men bilan yonma yon edi. Hali oldimizda katta rejalarimiz bor. Ularni amaliyotda tatbiq etilishida bizga jonkuyar o'qituvchilarning kumagi juda kerak va lozim, - deydi biz bilan so'hbatda Mullojon Fayzidinov.

         Shuni alohida ta'kidlash lozimki, So'x tumanida faoliyat olib borayotgan pedagoglarimizga Respublika malaka oshirish instituti bilan hamkorlik juda ko'p muammolarni bartaraf etilishida ko'maklashdi.

         Chunonchi, "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasining amaliyotga joriy etilishi, shuningdek, pedagog-o'qituvchilarga malaka oshirish shaklida tanlov erkinligi yaratilishi, ta'lim tojik tilida olib borilayotgan maktablar uchun shu tilda malaka oshirish kurslarining yaratilayotganligi So'x tumani o'qituvchilari uchun katta yangilikdir.

         Ta'lim tojik tilida olib boriladigan maktablarning muammollari alohida ruyhatda ham shakllantirildi. Unda yigirmadan ortiq muammo va kamchiliklar yozilgan va ushbu muammolardan bugun xalq ta'limi vazirligining barcha bo'limlari xabardor va ularning yechimi bo'icha amaliy ishlar olib borilmoqda.

         - O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri qabulxonasida meni vazir maslahatchisi Abdumannon Xolmirzayev yaxshi kutib oldi. Ancha so'hbatlashdik. Vazirning bevosita topshirig'i bilan vazirlikning barcha sektor rahbarlari men bilan so'hbatlashishlarini eshitib, rosti, ozgina hayajonladnmi. Naxotki? Bir nafar qishloq muallimi bilan butun vazirlik xodimlari so'hbatlashishini qachon eshitgansiz? Bu Prezident boshlab bergan islohotlar samarasi, bu e'tibor natijasidir, - deya hayajon bilan Mullojon o'z so'zlariga davom etdi.

         - Xalq ta'limi vazirining maslihatchisi Xolmirzayev  Abdumannon Subhonovich boshchiligida vazirlikning barcha sektorlari rahbarlari va mutasadiilari bilan samimiy so'hbatlashdik.

         Samimiy so'hbat chog'ida So'x tumani hamisha vazirlik nigohida ekanligi alohida ta'kidlandi va bildirilgan barcha murojaat va takliflar albatta, hal etilishi ham qayd etildi.

         Ta'lim tojik tilida olib boradigan maktablarda metodika darsliklarini yaratish, viloyat va tumanlardagi xalq ta'limi bo'limlarida tojik tili metodistlari lavozimi joriy qilinishini ta'kidlagan metodika boshqarma boshligi Oybek Davletboyev ta'limni rivojlantirish uchun Mullojondek fidoiy o'qituvchilar safi kengayishiga umid bildirdi.

         Umumta'lim maktablarida shu kungacha fan olimpiadalari o'tkazib kelinar edi. Biroq, ta'lim tojik tilida olib boriladigan maktablarda bu jarayon ham haminqadar edi. Vazirlik vakili Mirzohid Ibrohimov asosiy fan olimpiada savollarini tojik tiliga ham tarjima qilishini ta'kidlab, bosqichma bosqich hama fanlarning olimpiada savollari tojik tiliga o'girilishini aytib o'tdilar.

         Toshkentdagi safar kunlari jarayonida Respublika ta'lim markazi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasida bo'lib, bu dargoh rahbariyati bilan uchrashgan Mullojon bir olam tassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

         - Respublika ta'lim markazining rahbari Shuhrat  Sattorov bilan so'hbatda u kishini muomala madaniyati hamda jamoasining hamjihatligi meniquvontirdi. Shuhrat Sattorov tojik tilidagi maktablar uchun Respublika ta'lim markazi tomonidan  barcha sharoitlar yaratilib berilishini ta'kidladilar, - deya so'zlariga davom ettirdi Mullojon.

         Bu yildan boshlab yillik taqvim-rejalari  tojik tiliga ham tarjima qilinishi, Respublika ta'lim markazi jamoasi aynan  So'x tumaniga kelib seminar o'tkazishi va tumanda markaz mutasaddilari tomonidan  doimiy seminarlarni tashkil etilishi, tojik tilida adabiyotlar yaratilishi uchun alohida e'tibor qaratilishi alohida ta'kidlandi. Shuningdek, darsliklarning sifatiga e'tibor qaratish va mahoratli mutaxassislarni jalb etgan holda barcha darsliklarning tarjima qilinshi ham qayd etildi.

         Tojik tilida diktant, bayon, insho kitoblarini yaratilishi va metodika kitoblarini chop etilishi masalasi ham ta'lim markazi direktori Shuhrat Sattorov tamonidan qo'llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, o'qituvchilarning ish tajribalarini tuman, viloyat hamla respublika miqyosida ommalashtirishi alohida e'tiborga olinadigan bo'ldi.

         Ta'lim markazida kup yildan buyon fa'oliyat olib borayotgan ustozlar Tavakkal Choriyev va Jumanazar Eshonqulovlarningg mehnati ta'lim tojik tilida olib boriladigan maktablar uchun juda katta ahamiyatga ega ekanligini Mullojon bizga ta'kidladi.

         O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'i Ulug'bek Toshkenboyev bilan bo'lib o'tgan so'hbatda ham So'x tumanidagi ta'lim-tarbiya istiqbollari muhokama etildi.

         So'hbat chog'ida So'xlik o'qituvchi pedagoglarga navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish imkoniyati yaratilgani, murojaat qilish va sertifikatlarni elektron yuborish kabi yangiliklar barchaga manzur bo'lganini ta'kidlar ekan, so'xlik pedagoglarning murojaatlari batafsil o'rganib chiqilgani uchun yosh muallim inspektsiya rahbariyati va xodimlariga ustozlar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

         O'zaro suhbatda Ta'lim inspektsiyasi boshlig'i Davlatimiz rahbari tomonidan pedagoglarning jamiyatida mavqeyini oshirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha vazifalar belgilab berilganini ta'kidlar ekan, ustozlarni qo'llab-quvvatlashga, ularga ta'lim sifatini oshirish yo'lida ko'maklashishga doim tayyor ekanligini ma'lum qildi.

         Shuningdek, kelgusida So'x tumaniga borib pedagoglarni qiziqtirgan mavzularda seminar o'tkazish va ta'lim sifatini oshirishga to'sqinlik qilayotgan muammolarni birgalikda hal qilish bo'yicha hamkorlikda ish olib borilishi aytib o'tildi.

         Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, bugun ta'lim-tarbiya sohasiga berilayotgan e'tibordan butun So'x tumani aholisi, ayniqsa, ta'lim tojik tilida olib boradigan maktablar pedagogik jamoasi va o'quvchilar juda mamnun va minnatdor. Yosh, ijodkor o'qituvchi Mullojon Fayzidinov ayni vaqtda boshlangan ezgu ishlarni davom ettirishga bel bog'lagan. Unga ushbu xayrli va ezgu maqsadli ishlarida omadlar tilaymiz!

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati