Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"Ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar samaradorligi" mavzusida amaliy-ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi

×

 2022-08-06 14:52:42    118

PDF yuklash
Chop etish


"Ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar samaradorligi" mavzusida amaliy-ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi

         Bugun tuman madaniyat markazida O'Zbekiston Respublikasi ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyati bo'limi tashabbusi bilan "So'x tumani: ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar natijadorligi" mavzusida viloyat amaliy-ko'rgazmali seminari bo'lib o'tdi. "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz!" degan ezgu g'oya ostida o'tkazilgan mazkur tadbirda viloyatimizning tuman va shaharlari ma'naviyat va ma'rifat markazlari rahbarlari, So'x tumani faollari, ma'naviyat targ'ibotchilari ishtirok etdilar.

         Tadbirda qatnashgan va so'z olgan O'zbekiston Respublikasi ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyati bo'limi boshlig'i Ma'sudjon Sulaymonov mazkur tadbir istiqlolimizning 31-yillik to'yini munosib kutib olish uchun o'tkazilayotganligini ta'kidlab, ilk tadbir uchun So'x tumani bejizga tanlab olinmaganligi xususida ham gapirdi.

         Mazkur tadbirda "Mustaqilligimizning 31-yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz!" degan bosh g'oya asosida targ'ibot ishlari" xususida viloyat "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati guruh rahbari Shavakt To'ychiyev ma'ro'za qildi.

         Ochiq, samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur tadbir she'rxonlik kechasiga ulandi. Tumanimizga tashrif buyurgan Farg'ona davlat universiteti ustozlari, shoir va yozuvchilar o'z so'zlarida Vatanni she'rlar ila tarannum etdilar.

         Tadbir davomida bir guruh ma'naviyat targ'ibotchilariga viloyat bo'limining tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati