Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"Ma'naviyat karvoni" So'xdan start oldi

×

 2022-08-06 14:47:18    52

PDF yuklash
Chop etish


"Ma'naviyat karvoni" So'xdan start oldi

         Bugun tumanimizning Soybozor massivida mustaqil Vatanimizning 31-yilligiga bag'ishlab "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz!" ezgu g'oyasi ostidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirning birinchi qismi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir "So'xda ma'naviyat shukuhi" mavzusi ostida o'tkazilmoqda.

         Tumanning Soybozor mavzesida mehmonlarni kutib olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ularga So'x va uning ta'rixi haqida ma'lumot berdi. She'r va nazm ila kutib olingan mehmonlar yosh avlodning iste'dodidan bahramand bo'ldilar. Tuman barkamol avlod markazi va tuman bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari o'z ijod namunalarini mehmonlarga tortiq qilishdi.

         O'ZBEKISTON Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyati bo'limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov rahbarligidagi ishchi guruh a'zolari tumanda ikki kun davomida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazadilar. Tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Gulshanjon Ibragimovning ma'lumotiga ko'ra, tumanga viloyatimizning shahar va tumanlari ma'naviyat va ma'rifat markazlari rahbarlari, yozuvchi va shoirlar tashrif buyurishdi.

         Nuroniylar choyxonasida tashkil etilgan bir piyola choy ustidagi samimiy so'hbat she'rxonlik va mushoira kechasiga ulanib ketdi. So'zga chiqganlar istiqlol va uning ne'matlarini tarannum etdilar va mazkur tadbirning ikinchi qismi ertaga bo'lib o'tadi va ayni damda mazkur tadbir davom etyapti.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati