"Saxovat va ko'mak" jamg'armasi - ehtiyojmand fuqarolar pushtiboni
2022-08-06 14:40:43 139
"Saxovat va ko'mak" jamg'armasi - ehtiyojmand fuqarolar pushtiboni
2022 yil 1 yanvar holatiga “Saxovat va ko'mak” jamg'armalari hisob raqamlarida 57 million 867, 93 ming so'm qoldiq mablag'lari mavjud bo'lib, o'tgan olti oy davomida viloyat bo'yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko'mak” jamg'armasi hisob raqamlariga 1 milliard 058 million 773 ming so'm mablag' yig'ildi.
O'tgan olti oy davomida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida qariyb 785 oilaga 1 milliard 086 millionn 441 ming so'm mablag' sarf etildi.
Jumladan, mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. O'tgan olti oy davomida “Temir daftar”ga kiritilgan 785 nafar fuqarolarni moddiy qo'llab quvvatlashga 1 milliard 086 ming 441 so'm mablag' yo'naltirilgan bo'lsa, bunday tadbirlar muntazam davom ettiriladi.
“Saxovat va ko'mak” jamg'armasi mablag'lari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashda ham muhim moliyaviy manba bo'lib xizmat qilmoqda.
Mazkur daftarga kirgan 147 nafardan ko'proq xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash uchun 86 million 377 ming so'm mablag' yo'naltirilgan.
Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko'p farzandli oilalarga, nogironligi bo'lgan shaxslarga va yolg'iz qariyalar kabi ehtiyojmand oilalarning 638 nafariga 1 milliard 064 ming so'm mablag' yo'naltirildi.
2022 yil 1 iyul holatiga “Saxovat va ko'mak” jamg'armasi hisob raqamlarida viloyat bo'yicha 156 million 114 ming 153 so'm pul mablag'lari mavjud.
Rasuljon Mirsaidov - Tuman "Mahalla" xayriya jamoat
fondi raisi