Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Viloyat ishchi guruhi So'x tumanida

×

 2022-08-02 16:41:21    106

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat ishchi guruhi So'x tumanida

         Ayni damda tumanimizda bo'lib turgan Farg'ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari Isaqov Xojiqo'zijon boshchiligidagi ishchi guruh tuman hududlarida bo'lib, amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlar jarayonini ko'zdan kechirmoqda. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, yo'l masalalari, suv ta'minoti, "Obod qishloq" dasturining ijrosi, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ishchi guruh tomonidan o'rganilib, bajarilayotgan ishlarning sifati ko'zdan kechirilmoqda.

         Tumanning Qal'acha mahallasida "Obod qishloq" dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi va 3-sonli IDUMdagi ta'mirlash ishlari, mahallada barpo etilayotgan yangi tibbiyot maskandagi ishlar jarayonini ko'zdan kechirgan viloyat hokimi o'rinbosari ishlarni sifatli etib bajarilishi bo'yicha mutasaddilarni qattiq ogohlantirib, bajarilayotgan ishlarda mas'uliyatni to'liq his etgan holda faoliyat yurtitish yuzasidan ko'rsatmalar berdi.

         Mahalla hududidagi elektr energiyasi, gaz ta'minoti, ichimlik suvi ta'minotiga doir ishlar ham viloyat boshqarma boshliqlari ishtirokida muhokama etildi. Eslatib o'tamiz, bugun Qal'acha mahallasida "Obod qishloq" dasturi asosida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mahalla hududida Javpaya massivini sug'orish uchun qurilayotgan nasos stantsiyasidagi ishlar jarayoni ham o'rganildi.

         Tul mahallasidagi 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ham ayni kunda rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Quruvchi tashkilot mutasaddilari bilan bo'lib o'tgan so'hbat jarayonida viloyat prokurori o'rinbosari tomonidan har bir bajarilayotgan ish nazoratga olinishini qayd etgan viloyat hokimi o'rinbosari sohadagi korruptsion holatlarga barham berish, zimmasiga yuklangan vazifaga befarqlik bilan qarash kabi illatlarga ham tegishli choralar ko'rilishini ta'kidladi.

         Bajarilayotgan rekonstruktsiya ishlaridan eng avvalo sifat talab etilishi ta'kidlandi. Quruvchi tashkilot mutasaddilariga yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tezda bartaraf etish yuzasidan qattiq topshiriq berildi.

         Devayron mahallasida qurilgan ko'p qavtli uy-joylardagi bugungi ishlar jarayoni ham ishchi guruh tomonidan o'rganildi. Yangi uylarni gaz, suv va elektr bilan ta'minlash maslalasi jarayoni ham soha vakillari bilan muhokama etildi. Moliyalashtirish ishlarning ahvoli ham o'rganildi.

         Ishchi guruh vakillari kunning iikkinchi yarmida ham o'z faoliyatini davom ettiradi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati