Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Avgust 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Suvhidin-ota Sharofiddinov: - “Halol mehnat qiling, albatta, ajrini ko'rasiz”

×

 2022-08-02 16:36:48    92

PDF yuklash
Chop etish


Suvhidin-ota Sharofiddinov: - “Halol mehnat qiling, albatta, ajrini ko'rasiz”

         Suvhidin-ota Sharofiddinovni Prezidentimiz Farmoni bilan "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukoftlanganini eshitib, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi sektorlar rahbarlari otaxonni tabriklagani ularnining xonadonida bo'lishdi. Tuman hokimi, ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar otaxonni ushbu yuksak mukofot bidan tabriklab, anchagina gurunglashdilar. Tabrik bahona So'x TV ijodkorlari ham otaxonni samimiy muborakbod etdilar.

         - Mehnat va sidqidildan qilingan sa'y-harakat, Vatan ravnaqiga hissa qo'shgan inson albatta natijaga, smaraga erishadi. Inson halol mehnat qilsagina kamolotga yetadi, hurmat va izzatga sazovor bo'ladi. Bugun mendan baxtli inson yo'q, chunki Prezidentimizning e'tibori tufayli Vatanning ushbu yuksak mukofotiga sazovor bo'ldim. Bu mukofot e'tibor va e'tirof natijasidir. Yoshlarga nasihatim - halol mehnat qiling, albatta, ajrini ko'rasiz, - deya so'z boshladi otaxon.

         Suvhidin-ota Sharofiddinovning asl kasbi - o'qituvchilik. Bir necha yil boshlang'ich sinflar muallimi sifatida fa'oliyat olib borgan. Hayotining asosiy qismini xalq xizmatiga bag'ishlagan. Nafaqaga chiqgunga qadar mahalla raisi bo'lib ishlagan Suvhidin-ota Sharofiddinov bugun qarilik gashtini so'rmoqda.

         Fursatdan foydalanib, otaxonni yana bir marotiba ushbu mukofot bilan qutlaymiz. Yuzga kiring, mana shunday xushchaqchaqlik va nur-tarovat Sizni hargiz tark etmasin, bor bo'ling!

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati