Yetakchining oromgohdagi bir kuni
2022-07-29 16:40:48 129
Yetakchining oromgohdagi bir kuni
So'x tumanida foydalanishga topshirilgan bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohi bugun barcha So'xliklarning sevimli maskaniga aylanib qolgan.
O'quvchilar yozgi ta'til davrida maroqli hordiq chiqarib yangi o'quv yiliga yangicha kuch va g'ayrat bilan borishlari ta'tilni qanchalik mazmunli o'tkazishi bilan bevosita bog'liq. Bu jarayonda albatta yozgi oromgohlarning o'rni beqiyos.
Bugun ushbu oromgohda Sarikanda yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov tomonidan "Etakchining oromgohdagi bir kuni " loyihasi amalga oshirildi.
Loyiha avvalida yoshlar yetakchisi oromgohda bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan to'liq tanishdi. To'rtinchi bosqichda Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inidan 12 nafar o'quvchi-bolalar oromgohda dam olishayotir.
Oromgohda kun davomida "Yoshlar ovozi", "shaxmat va shashka", "kompyuter bilimdoni", "yosh kitobxon" va "yosh musavvir" kabi musobaqalar bilan birga "Biz yoshlar odam savdosiga qarshimiz" shiori ostida aksiya ham o'tkazildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati