Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi muxbiri Abdug'affor Omonboyev imzosi bilan e'lon qilingan “1294-sonli antiqa qaror yoxud So'x tumani hokimi Farg'ona viloyati yetakchisi Xayrulla Bozorovning topshir

×

 2022-07-29 16:36:12    154

PDF yuklash
Chop etish


“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi muxbiri Abdug'affor Omonboyev imzosi bilan e'lon qilingan  “1294-sonli antiqa qaror yoxud So'x tumani hokimi Farg'ona viloyati yetakchisi Xayrulla Bozorovning topshirig'ini ham inkor etayotganini qanday tushunish mumkin?” sarlavhali maqolasiga So'x tumani hokimligining

RASMIY MUNOSABATI

JURNALIST EShITGANINI EMAS, KO'RGANINI YoZIShI KERAK

         “Milliy tiklanish” gazetasining shu yil 27 iyul kungi 27-sonida e'lon qilingan  mazkur maqolada So'x tumanida bo'layotgan o'zgarishlar yoritilishi barobarida tumanning Yangiariq mahallasida yashovchi fuqaro Hamdamjon Muxtorovning tilidan yozib olingan vajlar bir tomonlama tahlil qilingan.

         Maqolada bevosita So'x tumanida tadbirkorlarning haq-huquqlari poymol bo'layotgani qayd etilgan.

         Prezidentimizning alohida qarori bilan So'x tumanida keng qamrovli islohotlar olib borilayotgan, qator ijtimoiy va  ishlab chiqarish ob'ektlari qurilayotgan, tadbirkorlik va biznes sub'ektlari uchun katta imkoniyatlar yaratilayotgan, aholini band qilish, qishloq xo'jaligi sohasini yanada takomillashtirish kabi qator ijobiy o'zgarishlar bo'layotgan bir pallada gazetada holatni ob'ektiv va xolis o'rganmay e'lon qilingan   maqola bizni ajablantirdi, albatta.

          Maqolada keltirilgan birinchi holat – So'x tumani dehqon bozori hududidan fuqaro Hamdamjon Muxtorovga mazkur bozor boshqaruv yig'ilishining 2-sonli qaroriga asosan savdo do'koni qurilishi uchun yer maydoni ajratib berilgan va fuqaro tomonidan olingan 125 kv-metr yer maydoniga qurilgan inshoot So'x tumani hokimi F. Usarovning 2019 yil 15 iyundagi 1294-sonli qarori bilan buzib tashlanganligi va buning uchun tadbirkorga kompensatsiya puli berilmaganligi qayd etib o'tilgan.

         Haqiqatan ham, ushbu holat tuman hokimligining mutasaddi xodimlari tomonidan o'rganilgan va bu bo'yicha tuman moliya bo'limi tomonidan 2019 yil 17 oktyabr kuni Farg'ona viloyati prokurori U. B. Qosimovga 317-sonli, So'x tumani hokimining birinchi o'rinbosari M. Sharipov nomidan Farg'ona viloyati hokimining birinchi o'rinbosari F. Toshpo'latovga 2019 yil 16 dekabr kuni 607/2-sonli aloqa xatlari asosida to'liq ma'lumotlar berilgan.

         Viloyat prokurori va viloyat hokimining birinchi o'rinbosari nomiga chiqarilgan aloqa xatlariga asosan fuqaro Hamdamjon Muxtorovga tuman “Dehqon bozori” MChJ ma'muriyati tomonidan tuzilgan shartnomasi tuman hokimining roziligisiz, o'zboshimchalik bilan tuzilganligi, O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 212-moddasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 29. 05. 2006 yildagi 97-sonli karorining 1-6ob, 6-bandida ko'rsatilgandek “O'zboshimchalik bilan barpo etilgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imorat-inshootlar kiymati tulanmasligi” tushuntirilgan.

           Maqolada yana bir holat – fuqaro Dilshodjon Muxtorov, ya'ni Hamdamjon Muxtorovning o'g'liga tumanning Navobod mahallasi Malbud massivining 12-konturidan mix va shurup ishlab chiqarish uchun 30 sotix yer maydoni ajratilishi va ushbu yer maydonini ajratib berish va sotib olinishi uchun tashkil etilishi ko'zda tutilgan ochiq auktsion savdolari paysalga solib kelayotgani ko'rsatilgan.

         Ushbu masala ham hokimlikningg mutasaddi vakillari tomonidan o'rganilgan va o'rganish natijasida mazkur 12-kontur hududidan yuqori bosimli gaz quvuri o'tganligi bois, qurilish ishlarini amalga oshirish rad etilgan. Bunga O'zbekiston Respublikasi qurilish vazirligining qurilish me'yorlari va qoidalarining 2.05.06.97 ni 4-jadval,1-bandi (yuqori bosimli magistral gaz quvurlarining muhofaza maydoni 100 metr) hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 585-sonli (“Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko'chish va yer ko'chki hodisalari bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida”) qarori ham asos bo'la oladi.

         Maqolada So'x tumanida Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish  chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida yangi savdo majmua – “So'x savdo kompleksi” qurilganligi, biroq 4 (!) yildan beri ushbu kompleks foydalanishga topshirilmayotganligi ham qayd etilgan.

           Bu bo'yicha So'x tumani hokimining 2022 yil 13 yanvar kuni “Rovon mahalla fuqarolar yig'ini Soyako massividagi yangi qurilayotgan buyum bozorini qisman (1-qismi) foydalanishga kabul kilish to'g'risida”gi 9-11-159Q/22-sonli qarori qabul qilingan.

         Mazkur qarorda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarorida “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi qarori 2-bobining 7-bo'limida ko'rsatib o'tilgan “Bozor faoliyatini tashkil etish bozor tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkasini ijaraga oluvchi yuridik shaxs tomonidan ta'minlanadi. Ko'rsatib o'tilgan yuridik shaxs aktsiyadorlik jamiyati shaklida yoki mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi, uning muassislaridan bittasi majburiy tartibda ustav fondidagi ulushi kamida 51 foiz bo'lgan mahalliy davlat hokimiyati organi bo'lishi kerak”, ekanligi ko'rsatib o'tilgan.

           Shuningdek, viloyat hokimining 2021 yil 16 aprel kungi 172-F sonli farmoyishiga asosan “So'x savdo kompleksi” muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maksadida hududni asfaltlashtirish hamda elektr tarmog'i tortish va transformator o'rnatish bilan bog'liq xarajatlarga viloyat mahalliy byudjetining 2021 yil 1-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan 1 100 000 000 (bir milliard bir yuz million) so'm mablag' ajratib berilgan.

           Hozirgi kunda “So'x savdo kompleksi” savdo dukonlarining ko'p qismida elektr tarmog'i ulanmaganligi, bozor hududida kanalizatsiya mavjud emasligi, o't o'chirish qo'ng'iroqlari o'rnatilmaganligi aniqlangan.

           Buyum bozori, ya'ni “So'x savdo kompleksi”ga tumandagi tadbirkorlarni jalb etish maqsadida tegishli idoralar vakillari tarkibida ishchi guruhlar tashkil etilib, targ'ibot va tushuntirish ishlari olib borilib, har bir tadbirkorga aloqa xatlari berilgan bo'lsada, tadbirkorlar tomonidan bozorda savdo bulmayotganligi, xaridorlar bormasligini rukach qilib, ya'ni bu majmua faoliyatidan foyida yo'qligini bahona qilib, o'zlari bozorda savdo-sotiq jarayonini yo'lga qo'yish uchun biron tashabbus ko'rsatishmayapti. Lekin majmuaning bir qismida bozorni yuritish uchun tadbirkorlarga tuman hokimligi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgan.

          Ayni kunda majmuaning qolgan qismida ta'mirlash ishlari olib borilyapti.

         Xalq manfaatdor bo'lsa, fuqarolarimiz peshona teri bilan qilgan mehnatlari tufayli daromad manbaiga ega bo'lsa, davlat ham manfaatdor bo'ladi. Biroq, o'z manfaati yo'lida fuqarolarimizni bugungi siyosat va davlatchiligimizga teskari qilib  ko'rsatayotgan kimsalar ham oramizda afsuski, yo'q emas.

         Biz - O'zbekiston Respublikasi fuqarolari har doim qonun ustuvor ekanligini yodda tutishimiz, davlatimiz qonunlari bizning manfaatimizga xizmat qilishini aslo unutmasligimiz lozim. Qonunga xilof ravishda qilingan har bir amal yo harakatga, albatta, qonuniy baho beriladi. Biron alohida shaxsning manfaatiga qonunni suiste'mol qilgan holda intilish yoki harakat qilishning o'zi qonunbuzarlik hisoblanadi.

         Maqolada keltirilgan har bir fakt yoxud voqelikni alohida shaxs nuqtai nazaridan kelib chiqib “tahlil” etish, berilgan materialni obdon o'rganmasdan uni e'lon qilish jurnalist odobi – professional  etikaga to'g'ri kelmaydi. Har ikki tomonni eshitib, adolat bilan xulosa  qilib, muammo xolisona yoritilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

         Bizningcha, jurnalist eshitganini emas, ko'rganini yozishi kerak. Mana shu xolis va to'g'ri axborot bo'ladi. Shuning uchun muxbir Abdug'offor Omonboyevni So'x tumaniga taklif qilamiz. Bu yerda olib borilayotgan ishlar, tadbirkorlarga munosabat, aholini rozi qilish yo'lida olib borilayotgan ishlarni o'z ko'zi bilan ko'rib, xolis fikrini gazetaga bersin.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati