Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashamiz!

×

 2022-07-21 17:18:48    82

PDF yuklash
Chop etish


Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashamiz!

            Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g'oyalarini targ'ib etish, “Jaholatga qarshi – ma'rifat” tamoyili asosida o'sib kelayotgan yoshlarimizni sog'lom e'tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

            So'x tumani Sarikanda mahallasida yoshlar o'rtasida diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik g'oyalarini keng targ'ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,  hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo'shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo'lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o'rtasida o'zaro ishonch,  turli dinlarga e'tiqod qiluvchi insonlar o'rtasida o'zaro  hurmat, teng huquqlilik, tinchlik va  totuvlikni targ'ib qilish maqsadida  “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

            Tadbirga  tashrif buyurgan Respublika Din ishlari bo'yicha qo'mitaning bosh mutaxasslari Sh. Umarov va T. Pattayev, Sarikanda yoshlar yetakchisi H. Hasanov, mahalla imom-xatibi Z. Soilovlar  so'zga chiqib, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo'li bilan o'z saflariga qo'shib olayotganidan, yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo'lishi kabilar to'g'risida fikr va mulohazalarni bildirib, islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do'stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da'vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va  osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi hech birimizni tark etmasligi lozimligini ta'kidlab o'tdilar.

            Tadbir so'ngida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va yoshlar o'rtasida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilish va o'tkazib turishga kelishib olindi.

                        So'x tumani hokimligi Axborot xizmati