Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni

×

 2022-07-21 16:41:28    126

PDF yuklash
Chop etish



30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni

 

         Hozirda bir qator global muammolar mavjud. Odam savdosini ham transmilliy jinoyatlar turi sifatida ularning sirasiga kiritish mumkin.

          Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni yanada ortib bormoqda. Bu hudud va chegara bilmas jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega.

         Insoniyat tarixida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xotin-qizlarning Yevropadan Amerika va Shimoliy Afrika qit'alariga keng ko'lamli migratsiyasi hamda ayollarni Yevropaga sotish hodisasi kuzatilgan.

         Bu hodisaga barham berish maqsadida Parijda 1902 va 1910 yillarda ikkita konferentsiya o'tkazilib, “Oq qullar savdosiga qarshi kurash” nomli butunjahon Konventsiyasi qabul qilingan.

         2013 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 30 iyul

         - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb ye'lon qilingan.

         Ayni paytda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo'lgan bu turdagi jinoyat dunyo miqyosida keng tarqalmoqda.

         BMT va Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining tahliliy xulosalariga ko'ra, undan jabr ko'rganlar soni bir necha millionlarini tashkil qilmoqda. Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda.

         Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, odam savdosi transmilliy, ya'ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan “Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to'g'risida”gi Konventsiyaga qo'shildi.

         Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risida”gi Konventsiya, shuningdek, odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo'yish va buning uchun jazolash to'g'risidagi qo'shimcha protokol ham ratifikatsiya qilindi.

         O'zbekiston Respublikasining 2008 yilning 17 aprelidagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq, odam savdosiga qarshi kurashish odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo'yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko'rsatish bo'yicha faoliyatni o'z ichiga oladi.

 

 

                   U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy

                                      sudi raisi