Aholini ro’yxatga olishning tarixi, xorijiy davlatlar tajribasi va O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olishning mohiyati
2022-07-21 16:06:32 122
Aholini ro’yxatga olishning tarixi, xorijiy davlatlar tajribasi va O’zbekiston Respublikasida aholini
ro’yxatga olishning mohiyati
Har qanday davlatning tarixi - bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o’z ifodasini topadi. Aholi soni bo’yicha aniq va yaxlit malumotlar aholini ro’yxatga olish asosida olinadi.
Aholini ro’yxatga olish yakunlariga qarab o’tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo’ladi.
Aholini ro’yxatga olish - aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, malumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida malumotlar olishning yagona axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Aholi hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi
uch ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Aholini ro’yxatga olishdan maqsad soliq to’lovchilar
va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo’lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro’yxatlarida asosan erkaklar ro’yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o’rni yuqori bo’lgan, soliq to’lashda faqat erkaklar, yani oila boshliqlari qatnashgan.
H.Narzidinov - Sux tumani ro’yxatga olish bo’limi boshlig’i