Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Aholi dorixonalar fa'oliyati va xizmat ko'rsatishidan rozimi?

×

 2022-07-21 15:47:10    117

PDF yuklash
Chop etish


Aholi dorixonalar fa'oliyati va xizmat ko'rsatishidan rozimi?

         Bugun Respublikamizda aholiga sifatli va zamon talablariga mos ravishda tibbiy xizmat ko'rsatishni yanada yaxshiroq yo'lga qo'yish maqsadida olib borilayotgan amaliy ishlar inson manfaatiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Dori vositalari savdosi va yetkazib berishi bilan shug'ullanadigan tadbirkorlik sub'ektlari zimmasiga ham ushbu yo'nalishda katta mas'uliyat yuklangan.

         Biroq, sohada ayrim muammo va kamchiliklar ham borki, ushbu muammolarni yechimi yuzasidan tuman hokimligi va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlariga aholi nomidan ko'pgina murojaatlar tushmoqda.

         Ayniqsa, sotilayotgan dori vositalarining narxi, tuman markaziy shifoxonasi hududidagi dorixonalarda aholiga xizmat ko'rsatishni yaxshilash, tunu kun navbatchilikda ishlaydigan aptekalar tizimni tashkil etish yuzasidan murojaatlar tushgan va ushbu masalalarni o'rganish va ularga yechim topish maqsadida tuman markaziy shifoxonasida xususiy dorixonalar mutasaddilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

         Uchrashuvda tuman davlat soliq inspektsiyai boshlig'i Farid Turaboyev ishtirok etib, tadbirkorlar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarilishi bo'yicha ko'rsatmalar berdi, shuningdek, har bir tadbirkor aholi bilan muloqotda muomala madaniyatiga rioya qilishi hamda savdodan tushgan naxt pullarni vaqtida bank muassasalariga topshirish buyicha ogohlantirildi.

         Uchrashuv davomida shifoxona hududidagi har bir dorixona haftada navbat bilan ikki kundan 24 soatli ish rejimida ishlash bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Tushlik va kechki ovqatlanish tartibini ham kelishilgan holda tashkil etish bo'yicha tavsiyalar berildi. Asosiy maqsad – aholiga madaniy va uzluksiz, sifatli xizmat ko'rsatish.

         Albatta, inson qadri va manfaati barcha narsadan ustundir va bunday tadbirlar ham “Inson qadri uchun” degan tamoyilni amalga oshirish uchun qo'yilgan mustahkam qadamdir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati