Chashmada davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi aniq bo'ldi
2022-07-08 18:37:57 129
Chashmada davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi aniq bo'ldi
Avval xabar berganimizdek, Chashma mahalla fuqarolar yig'ini hududida davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi yuzasidan amaliy ishlar olib borilib, bevosita yangi MTT ga yer maydoni tanlash ishlarida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etgan edi.
Bizga bergan ma'lumotlarga ko'ra, mazkur yangi muassasa zamonaviy bo'lib, 300 o'ringa mo'ljallangan va mutaxssislarning so'zlariga ko'ra, bunday maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi va zamonaviyligi jihatidan jahon andozalariga javob bera oladi.
- Albatta, davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi bo'yicha men deputat sifatida ko'p idoralarga bordim, deputat so'rovi yubordim, mutasaddilar bilan bevosita va bilvosita so'hbatlar qildim va quvonarlisi, bu masala Prezidentimizning Farg'ona viloyatiga tashrifi va viloyat faollari bilan o'tkazgan uchrashuvida ham alohida tilga olindi. Xalq manfaati yo'lida qilingan ham bir amal xayr va savob hisoblanadi, - deydi biz bilan so'hbatda Chashma mahallasidan tuman Kengashiga saylangan deputat, faxriy jurnalist Kamoliddin Azizov.
Yangi va zamonaviy, har jihatdan barcha andozalarga javob bera oladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 11-sonli UO'T maktabi yonida quriladi.
Viloyatdan kelgan loyihachilar tuman mutasaddilari bilan ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan maslahat qildilar.
- Loyiha ishlari yakuniga yetgach, yangi davlat MTT qurilishi yaqin kunlarda boshlab yuboriladi, - deyishdi biz bilan so'hbatda loyiha mutasaddilari.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati