Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 142 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohi - ko'ngilochar tadbirlar makoni

×

 2022-07-08 18:33:34    131

PDF yuklash
Chop etish


Bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohi - ko'ngilochar tadbirlar makoni

         Tumanimizning Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini hududida qurib, foydalanishga topshirilgan bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohi bugun yoshlarimizning eng sevimli maskaniga aylanib qolgan. Chunki bugun bu maskanda turli ma'naviy-ma'rifiy, madaniy va ko'ngilochar tadbirlar o'tkazilmoqda.  

         Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Ahmadjon G'oibovning bizga bergan ma'lumoiga ko'ra, kuni kecha oromgohda O'zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'limi tashabbusi bilan "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi.

         Go'zal oqshom og'o'shida o'tkazilgan mazkur tadbirda oromgohda dam olayotgan bolajonlar ishtirok etdilar. Ular uchun turli qiziqalri o'yinlar tashkil etilib, eng chaqqon va eng faol bolajonlar ishtirokchilar orasidan tanlab olindi.

         Quvonarlisi shundaki, qiziqlarli kechgan o'yin-musobaqalarda oromgoh pedagogik jamoasi ham faol ishtirok etdi. Tadbir yakunida eng faol bo'lgan bolajonlarga esdalik sovg'alar taqdim etildi.

         Darhaqiqat, bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohi bugun yoshlarimizning eng sevimli makoniga aylangan. Tadbir tashkilotchilarining bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, bunday ko'ngilochar va qiziqarli tadbirlar o'quv yili boshlangunga qadar muntazam o'tkaziladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati