Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qurbon Hayiti arafasida kam ta'minlangan oilalar farzandalarining "Sunnat to'yi" o'tkazildi

×

 2022-07-08 18:29:39    80

PDF yuklash
Chop etish


Qurbon Hayiti arafasida kam ta'minlangan oilalar farzandalarining "Sunnat to'yi" o'tkazildi

         Xalqimizga xos ezgu va xayrli udum-an'analar borki, ayni bayram va hayit kunlari keng quloch yoyadi va bu albatta, insonlar o'rtasidagi o'zaro hurmat-izzat va mehr-oqibat tuyg'ularini yanada mutahkamlashga xizmat qiladi.

         Qurbon Hayiti arafasida "Do'stlik" istirohat bog'ida tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'limi tashabbusi bilan tuman hududidagi 4 ta bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanadigan bolajonlarning "Sunnat to'yi" o'tkazildi.

         Mazkur xayriya tadbirida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari barcha bolajonlarni bu shodiyona kun bilan tabrikladilar.

         - Sizlar va umuman, ehtiyojmand, ijtimoiy kumakka muhtoj bo'lgan fuqarolarimiz bizning doimiy e'tiborimizdasizlar. "Insonga naf keltirish oliy baxt" degan maqolga tayanib, biz - sektorlar rahbarlari har doim Sizlarni qo'llab-quvvtalashga, ijtimoiy yordam va kumak berishga tayyormiz.

         - Har yili bo'limimiz tomonidan saxovatpesha hamkorlarimizni jalb etgan holda mana shunday xayriya amallarni ijro etishga harakat qilamiz. Maqsadimiz ozgina bo'lsa ham, yoninimzda faoliyat olib borayotgan vatandoshlarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashdan iborat, - deydi tuman maktabgacha ta'lim bo'limi boshlig'i Gulnoza Usmonova.

         Tadbir davomida sektorlar rahbarlari bolajonlarga qimmatbaho sovg'alar - velosipedlar va ularning onalariga ham hadyalar taqdim etdilar.

         Tadbir yosh san'atkorlarning diltortar navolari va chiroyli raqslar bilan yanada fayzli o'tdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati