Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Shikast yetgan gaz quvuri ta'mirlandi

×

 2022-07-07 17:57:32    85

PDF yuklash
Chop etish


Shikast yetgan gaz quvuri ta'mirlandi

         Aytish lozimki, har yili ayni So'x daryosining suv sathi oshgan pallada Lenbur - Tul yo'nalishidagi gaz quvuriga shikast yetkaziladi. Chunki mazkur magistraldagi gaz quvurlari So'x daryosi ustidan o'tadi.

         So'x tuman gazlashtirish idorasi bosh muhandisi Burhonjon Mirzobekovning so'zlariga ko'ra, kuni kecha yuzaga kelgan suv toshqini mazkur yo'nalishdagi gaz quvurlariga shikast yetkazgan va vaqtida ko'rilgan chora-tadbirlar samarasi o'laroq, 125 metr uzunlikdagi gaz quvuri gaz idorasi xodimlari tomonidan ta'mirlandi va yangisi bilan almashtirildi.

         Tabiyi gaz masalasida muammolar yuzaga kelsa, 104 qisqa telefon raqami, yoki + 998 73 462 50 04 ga darhol qo'ng'iroq qilishingiz so'raladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati