Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'x tumanida Qirg'iziston respublikasi vakillari ishtirokida do'stlik kechasi bo'lib o'tdi

×

 2022-07-06 19:12:35    131

PDF yuklash
Chop etish


So'x tumanida Qirg'iziston respublikasi vakillari ishtirokida do'stlik kechasi bo'lib o'tdi

         Bugun So'x tumani madaniyat markazida Qirg'iziston respublikasi Batken rayonining So'x tumanidagi madaniyat kunlari doirasida “San'at – do'stlik ko'prigidir!” shiori ostida do'stlik kechasi bo'lib o'tdi. Tadbirda Qirg'iziston respublikasi Prezidentining Batken viloyatidagi vakili, Batken rayoni hokimligining vakillari, qo'shni respublikaning madaniyat va san'at namoyandalari ishtirok etishdi.

         Mehmonlarni, Batken rayoni hokimi Uchkunbek Jorobayev va Batken rayoni administratsiyasi vakillarini o'zgacha hurmat va izzat, non-tuz bilan kutib olgan So'x tumani hokimligi mutasaddilari Qirg'iziston respublikasi namoyandalarini madaniyat saroyiga taklif etdilar.

         Mehmonlar madaniyat saroyida Qirg'iziston respublikasi vakillari tomonidan tashkil etilgan ko'rgazmani tomosha qilishdi. Tadbir ishtirokchilariga qirg'iz millatiga mansub musiqa asboblari, o'y-ro'zg'or buyumlari haqida ma'lumotlar berildi.

         Madaniyat kunlariga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda so'z olgan Qirg'iziston respublikasi Batken rayoni hokimi Uchkunbek Imamaliyevich Jorobayev va So'x tumani hokimi Sayidmusayev Sayidbahrom Sayidburhonovich ikki qardosh xalq do'stligi va o'zaro qo'shnichilik munosabatlari ming yillardan beri davom etib kelayotgani, ikki qo'shni millatning bozori ham, mozori ham bir ekanini ta'kidlab, ikki davlat o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, adabiyot va san'at, madaniy, transport va boshqa sohalaridagi hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotganini qayd etdilar.

         Darhaqiqat, ikki qardosh xalq do'stligi va o'zaro hamkorligi asrlar osha bugugni kungacha yetib kelgan va ushbu hamkorlikni mustahkamlash va do'stona munosabatlarni yangi bosqichga ko'tarilishida ikki davlat rahbarlari – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mo'htaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Nurgojoyevich Japarovlarning hissalari beqiyosligini alohida ta'kidlash lozim.

         Tadbir davomida Batken tumani hokimi va So'x tumani hokimi bir-birlariga hurmat ramzi sifatida sovg'alar ulashdilar.

         Ikki qardosh tuman rahbarlari tomonidan 2022 yilning ikkinchi yarmiga mo'ljallangan o'zaro hamkorlik, do'stlik, qo'ni-qo'shnichilikni mustahkamlashga qaratilgan hujjat – hamkorlik memorandumi imzolandi. Tuman rahbarlari kelajakdagi mustahkam hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.

         Tadbir davomida Qirg'iziston respublikasi prezidentining chegara masalalari bo'yicha Batken viloyatidagi vakili Mamarchan Toychiyevich Rahimov, Qirg'iziston respublikasi prezidentining Batken viloyatidagi vakilining birinchi o'rinbosari Tulayev Marufxan Karimovich, Qirg'iziston Respublikasi madaniyat va sport vazirining O'sh viloyatidagi vakili Topchubay Dosbayevlar ham so'zga chiqib, ikki davlat o'rtasidagi o'zaro do'stlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga chiqib yanada mustahkamlanib borayotganini alohida tilga oldilar. Mehmonlarga tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev qimmatbaho sovg'alar taqdim etdi.

         So'ng navbat Qirg'izistondan kelgan san'at ustalariga berildi va ular ijrosida do'stlikni tarannum etuvchi ko'y-qo'shiqlar yangradi. “Qarindas” qo'shig'idan boshlangan do'stlik kechasi “Lazgi” va “Nahori nashta”ning qirg'izcha talqini bilan davom etdi. Sahnada xirom etgan qirg'iz suluvlarining jazzob raqslari tadbir ishtirokchilarini ham raqsga tushishga undadi.

         Yaqin kunlarda Qirg'iziston respublikasi Batken rayonida So'x tumanining madaniyat kunlari bo'lib o'tadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati