Tuman hokimi ishtirokida Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida ommaviy qabul o'tkazildi
2022-07-05 09:58:02 135
Tuman hokimi ishtirokida Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida ommaviy qabul o'tkazildi
Aholi muammolarini o'rganish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni bartaraf etilishida ommaviy va sayyor qabullarni tashkil etish eng maqbul yo'l hisoblanadi. Shuning uchun, Respublikamizda ba bo'yicha alohida tizim yaratilgan va ushbu tizim orqali oldimizda ko'ndalang bo'lib turgan muammo va kamchiliklar imkoniyat doirasida bartaraf etilyapti.
Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tgan uchrashuvda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev qatnashdi va tuman korxona-tashkilot, idora va muassasalar vakillari ishtirok etgan mazkur ommaviy qabulda mahalla ahli o'z muammolari bilan murojaat etdilar.
Oilaviy nomurosaliklar, mahallada ichlimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasiga bog'liq bo'lgan muammolar, ichki yo'llarni ta'mirlash, davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlar nazoratini yo'lga qo'yish, davlat tomonidan ajratilgan mablag'lar tolon-toroj bo'lmaslik uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, buning uchun tuman hokimligi tomonidan vakolatli vakillarni biriktirish, So'x daryosi qirg'og'idagi ekin yer maydonlarni suv toshqinidan himoyalash bo'yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan mahalla ahli tuman hokimiga murojaat etdilar.
O'tkazilgan ommaviy qabulda aksariyat muammolar tegishli idoralar vakillari ishtirokida hal etildi va muddat talab etiladigan masalar ijrosi yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlariga ko'rsatmalar berildi.
Lenbur mahallasida joylashgan 17-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ayni kunda "Openbudget" mablag'lari hisobidan ta'mirlanmoqda.
Ta'mirlash jarayonini ko'zdan kechirgan tuman hokimi mutasaddilarga ta'mirlash ishlariga befarq bo'lmaslik, ishlar sifatini yaxshilash va bajarilayotgan har bir ishni nazorat qilish yuzasidan qattiq topshiriq va ko'rsatmalar berdi.
Ma'lumot uchun: umumiy hisobda tumanda 2022 yil “Tashabbusli byudjet” 1-bosqichi natijalari bo'yicha jami 2 870. 0 mln so'mlik 5 ta takliflar g'olib deb topilgan. 17-sonli davlat MTT ni ta'mirlash ishlariga salkam 300 million so'm mablag' yo'naltirilgan.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati