Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'x tumanidagi ko'p kvartirali uylarning tom qismlari joriy ta'mirlandi

×

 2022-07-02 15:17:31    95

PDF yuklash
Chop etish


So'x tumanidagi ko'p kvartirali uylarning tom qismlari joriy ta'mirlandi

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi «Ko'p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi PQ-5152-sonli qarori ijrosini ta'minlash, 2022/2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida, Farg'ona viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasi tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

         So'x tumani Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i Firdavs Turaboyevning so'zlariga ko'ra, So'x tumani Oftobru mahalla fuqarolar yig'ini “Dasht” ko'chasidagi 1, 2, 3, 4-sonli ko'p kvartirali uylarning tom qismlari "Ko'p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta'mirlash, issiqlik ta'minoti ob'ektlarini qurish bo'yicha injiniring kompaniyasi" DUK buyurtmachiligida joriy ta'mirlandi.

         Mazkur ta'mirlash ishlariga 193 million so'm mablag' yo'naltirildi.

         Ma'lumot uchun: So'x tumanida jami 14ta ko'p qavatli 188 xonadondan iborat uylar mavjud bo'lib, umumiy masohati 9846 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati