Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yangi O'zbekistonning bosh mezoni – inson qadri va uning manfaatlarini ta'minlash

×

 2022-06-30 18:33:42    139

PDF yuklash
Chop etish


Yangi O'zbekistonning bosh mezoni – inson qadri va uning manfaatlarini ta'minlash

         Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko'lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta'minlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

         O'tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy- ijtimoiy va madaniy hayotida tub o'zgarishlar bo'ldi. Bu esa Bosh qomusimizda "Yangi O'zbekiston - ijtimoiy davlat" tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo'lishini ta'minlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining o'rnini konstitutsiyaviy darajaga ko'tarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko'rsatmoqda.

         Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan aholi fikr va takliflarini qabul qilish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan.

         Natijada, yurtimizda olib borilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarda nafaqat olimlar, huquqshunoslar, mutaxassislar, balki fuqarolarning o'zi ham bevosita ishtirok etmoqda.

         Bildirilgan takliflarning tahlili xalqimizning mamlakatda bo'layotgan keng ko'lamli o'zgarishlarga befarq emasligini, fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisi bo'lishga intilayotganligini ko'rsatmoqda.

         Ta'kidlash joizki, xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek Davlatimiz Rahbarining Komissiya a'zolari bilan uchrashuvda "insonning qadr-qimmati, sha'ni va g'ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o'rinda turishi kerak" degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi.

         Bugun tuman madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda ayni shu dolzarb mavzu kun tartibidagi asosiy masala edi. Tadbirda ishtirok etgan faollar, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, ta'lmi sohasi vakillari, huquqshunoslar va ayniqsa, yoshlar ushbu muhim masala haqida gapirib, uzlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

         Tadbir ishtirokchilariga mazkur masalaningg dolzarb va muhimligi tushuntirildi, har bir fuqaro ushbu siyosiy jarayonda faol ishtirok etib, masalaga oid o'z fikrini bildirishga haqli ekanligi ta'kidlandi.

         Shuningdek, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, sohaga oid yangiliklar ishtirokchilarga tayyorlangan slaydar orqali ham namoyish etildi.

         Tadbir ishtirokichlariga soha mutaxassislari tomonidan Prezidentimizning belgilab bergan yo'nalishlar haqida ham keng qamrovli tushunchalar berildi.

         Tadbir ishtirokchilariga inson, uni hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari, Asosiy qonunimizda “O'zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni mustahkamlash masalasi, erkin va adolatli fuqarolik jamiyati rivojlanishi bilan bog'liq masala, O'zbekistonda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish va “O'zbekiston - huquqiy davlat” g'oyasining mazmun va mohiyati tushuntirib berildi.

         Tadbirda so'z olganlar ham Respublikamizda “inson qadri uchun” degan tamoyilni amalga oshirish bo'yicha qilinayotgan barcha sa'y-harakatlar haqida gapirib, milliy davlatchiligimiz “inson-jamiyat-davlat” printsipi asosida mustahkamlanayotgani har bir fuqaroga berilgan cheksiz imkoniyat samarasi ekanligini ta'kidladilar. Aytish lozimki, ayni damda Respublikamizda mazkur tamoyil va prnitsiplarni amalga oshirish bo'yicha keng ko'lamli va tizimli islohotlar amalga oshirilayotir.

         Bugungi kunda minglab fuqarolarimiz, nuroniy va yoshlarimiz, turli millat vakillari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, umuman jonajon O'zbekistonimiz taqdiriga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimiz o'z takliflarini yuborishda davom etmoqdalar.

         Yurt kelajagi va Vatanimiz taqdiri bizning mazkur jarayondagi faol ishtirokimizga bog'liq bo'lib, kelgusi taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati