Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'x tarixiga oid yangi "So'x qadimda va o'rta asrlarda" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

×

 2022-06-30 18:25:51    169

PDF yuklash
Chop etish


So'x tarixiga oid yangi "So'x qadimda va o'rta asrlarda" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

         Birinchi “Aqlli odam – Fergantrop”, yoxud Farg'ona odamining qadimiy va navqiron So'x tumanidan topilishi bu zaminning tarixi million yillardan sarchashma olinishidan dalolatdir. So'x tumani, uning tarixi yuzasidan izlanishlar olib borgan yetuk tarixchi va geologlar bu maskan qadimiy insonlar makoni ekanligi va tamaddun rivoji aynan So'xdan boshlanishini ta'kidlaganlar.

         Aytish lozimki, So'xni o'rganish, uning tarixini tadqiq qilish aslo to'xtagani yo'q, davom etmoqda. Chunki bu ko'hna zaminga bo'lgan e'tibor juda kuchli.

         Farg'ona viloyati hokimi, viloyat ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi Xayrullo Bozorov tashabbusi tufayli So'x tumaniga oid yana bir yangi kitob - "So'x qadimda va o'rta asrlarda" nomi bilan nashr etildi.

         Bugun tuman madaniyat markazida mazkur tarixiy kitob taqdimotiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Kitob taqdimoti bevosita O'zbekiston Respublikasi ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi tashabbusi bilan tashkil etildi.

         Taqdimot marosimida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi rahbari Maxsudjon Sulaymonov, viloyat ma'naviyat targ'ibotchilari guruh rahbari Shavkat Tuychiyev va targ'ibot guruhi vakillari ishtirok etdilar.

         Tumandagi mahalla fuqarolar yig'inlari faollari, mahalla raislari, ta'lim sohasi vakillari va keng jamoatchilik qatnashgan mazkur tadbirda So'x va uning boy ta'rixiga yana bir bor nazar solindi. Kitobda keltirilgan fakt va raqamlar haqida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.

         Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi boshlig'i Maxsudjon Sulaymonov o'z so'zida So'x tumani haqida gapirib, tumanda haqiqiy baxtli insonlar yashayotganini ta'kidladi.

         – So'x tumani xalqi va aholisi iftixor bilan yashashlari va shu ko'hna zamin taraqqiyotiga hissa qo'shishlari lozim. Chunki So'x zamini bashariyat paydo bo'lishiga asos bo'lgan qadimiy maskan sanaladi. Shuning uchun So'x tumani va So'xda umrguzaronlik qilayotgan har bir inson doimiy e'tiborda, - dedi Maxsudjon Sulaymonov o'z so'zida.

         Tadbir davomida  mehnat faxriysi Subhiddin Sharofiddinov, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi Subhonali Nishonovlar ham so'zga chiqib, So'xga nisbatan berilgan va berilayotgan e'tibor uchun barcha tashabbuskorlarga minnatdorchilik bildirdilar.

         Ta'kidlandiki, ushbu kitob har bir So'x tumani fuqarosi xonadoniga kirib borishi lozim, chunki Vatan tarixini bilgan odam uning kelajagi va ravnaqiga ham har doim daxldorlik hissini o'zida his etadi.

         Kitob mualliflari A. Anarbayev, B. Sayfullayev, M. Saidovlar So'x tumaniga oid tarixiy faktlarni qog'ozga ko'chirishgan.

         Ushbu risolada So'x vohasining qadimgi davrlardan tortib o'rta asrlargacha bo'lgan tarixiy arxeologik ma'lumotlar misolida yoritilgan. Shu bilan birga, risolada hozirda So'xda saqlanib qolgan arxeologik yodgorliklar haqida ham ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati