So'x tumanida eng faol maktab bitiruvchilariga kumush va oltin medallar topshirildi
2022-06-30 18:20:21 138
So'x tumanida eng faol maktab bitiruvchilariga kumush va oltin medallar topshirildi
“Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”. Prezidentimizning ta'lim sohasi, ayni eng muqaddas dargohga oid aytilgan so'zlari kelajak avlod manfaatini ko'zlab aytilgani bilan ham ahmiyatlidir. Darhaqiqat, bugun maktab va ta'lim-tarbiya sohasiga berilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Zotan, farzandlarimiz bizdan kuchli, bilimli va albatta buxtli bo'lishlari shart.
So'x tumanida ham ta'lim sohasiga qaratilayotgan e'tibor va amalga oshirilayotgan islohotlar o'z natijasini bermoqda. Bunga maktabni a'lo baho, namunaviy xulq va medallar bilan bitirayotgan bitiruvchilar misol bo'la oladi.
Bugun tuman madaniyat markazida umumiy o'rta ta'lim maktablarni oltin va kumush medallar bilan bitirgan talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmuseyev, tuman sektorlari rahbarlari, maktab direktorlari va bitiruvchilarnig ota-onalari ishtirok etdilar.
Barcha bitiruvchilarni tabriklab, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev oltin va kumush medallar bilan bitirgan talabalarning ota-onalariga loyiq va munosib farzand tarbiyalaganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Bugun tumanimizning 32 ta umumiy o'rta ta'lim muassasalarini 906 nafar talabalar bitirishmoqda. Barcha bitiruvchilarning dillarida yaxshi niyat va orzular mujassam – oliy ta'lim maktablari talabasi bo'lish. Albatta, yaxshi niyat va ezgu orzu bilan boshlangan har bir amal o'zining natijasini beradi.
Birichni natija - 906 nafar bitiruvchilarning 109 nafari maktabni medallar bilan tamomladi. Bugungi tadbirda 24 nafar iqtidorli talabalarga kumush va 85 nafar eng fa'ol talabalarga esa, oltin medallar taqdim etildi.
Medallarni bitiruvchilarga tuman hokimi va barcha sektorlar rahbarlari taqdim etdilar. “Ovozi tojik” ro'znomasining Farg'ona viloyatidagi muxbiri Mirasror Ahrorov ham taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
Agar oltin medal olgan talabalar foizini tuman miqyosida oladigan bo'lsak, bunda 11-sonli UO'T maktabi bitiruvchilari peshadamlik qilishadi. Bu yili maktabni 9 nafar talabalar oltin medal bilan bitirdilar. Ikkinchi o'rinda 1, 4 va 7-sonli UO'T maktabi talabalari – bu maktablardan 8 nafardan bitiruvchilar oltin medal olishga muyassar bo'lishdi. 6 nafar oltin medal olgan bitiruvchilar bilan 3-sonli maktab talabalari 3-o'rinni egallashdi.
Kumush medallar marafonida 24-sonli UO'T maktabi talabalari yaqqol peshqadam. Bu yili ushbu maktabni 4 nafar iqtidorli o'quvchilar kumush medal bilar bitirdilar.
Darhaqiqat, mustaqil O'zbekistonimizda yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochib berilgan, yoshlarni bilim olishi va kasb-hunar o'rganishiga keng sharoitlar yaratib berilgani davlatimiz va hukumatimiz barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga befarq emasligidan dalolat.
Ishonchimiz komilki, ushbu iqtidorli va bilimli talabalar – So'x farzandlari kelgusida ham o'z kuchi va bilimi bilan Vatan taraqqiyoti va rivojiga o'zlaring salmoqli hissalarini qo'shadilar.
Darvoqe, tadbir jarayonida “Yosh huquqshunos” viloyat tanlovi g'olibi, 2-sonli UO'T maktabi o'quvchisi Asadbek Sultonboyev va Respublika onlayn ekologik tanlovida ishtirok etib, “Obod maktab” nominatsiyasi yo'nalishida birinchi o'rinni egallagan 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Amirjon Temirovlarga diplom va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir davomida So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevga O'zbekiston Respublikasi xalq ta'lim vazirligining “Ta'lim homiysi” ko'krak nishoni taqdim etildi.
Tadbir oxirida maktab o'qituvchilari va medal olish baxtiga muyassar bo'lgan talabalar so'zga chiqib, o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, yaratib berilayotgan sharoitlarga nisbatan davlatimiz hukumati va Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati