Tuman hokimi maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi
2022-06-30 18:05:01 128
Tuman hokimi maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi
Ayni kunda Respublikamiz bo'ylab maktab bitiruvchilari va hokimlarning uchrashuvi bo'lib o'tmoqda. 16-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev maktab bitiruvchilari bilan uchrashib, Prezidentimiz tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor, ta'lim sohasini tubdan takomillashtirishga qaratilgan islohotlar haqida gapirdi. Tuman hokimi va bitiruvchilar uchrashuvi ham ayni shu e'tibor doirasida amalga oshirilayotgani ham ta'kidlandi.
Aytish lozim, Umbara mahallasidagi 16-soyeli UO'T maktabi o'quvchilari 2021-2022 o'quv yilini yangidan mukammal ta'mirlangan maktabda boshlagan edilar. Bevosita viloyat hokimi X. H. Bozorov kumagi bilan maktabni mukammal ta'mirlash ishlariga salkam 1 milliard so'm mablag' yo'naltirildi va ta'lim dargohida ilm va kasb chiqqilarini zabt etish bo'yicha barcha shart-sharoitlar zamonaviy tarzda yaratib berilgan.
Shuningdek, maktabda zamonaviy sport maydonchasi yo'qligi bois, ushbu muammo ham viloyat hokimi tashabbusi bilan hal etildi. Maktab hududiga yangi va zamonaviy sun'iy qoplamadagi sport maydonchasi barpo etildi.
Tuman hokimi bevosita har bir nafar bitiruvchilar bilan alohida so'hbatlashib, ularning qiziqishlari va xobbilari bilan qiziqdi va ayni oliy maktablarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishda alohida e'tibor bilan ishlashni tavsiya etdi.
- Ota-onalaringiz ushbu kunlarda, ya'ni oliy maktabga kirish muddati davomida Sizlarni boshqa ishlarga jalb etmasliklarni istardim. Chunki Sizlar bo'lajak imtihon va test sinovlariga alohida tayyorgarlki ko'rishlaringiz lozim. Har biringizning miyangizda "Men albatta oliy maktab talabasi bo'laman" degan shoir charx o'rishi kerak, - dedi tuman hokimi uchrashuv davomida.
Tadbir jarayonida maktab direktori va o'quvchilar bevosita yaratib berilgan sharoitlarga nisbatan samimiy minnatdorchilik bildirib, berilayotgan barcha e'tiborga javoban o'qish, o'rganish va albatta Vatan koriga yaraydigan farzandlar bo'lib yetishlarini va'da berdilar.
Prezidentimizning Farg'ona viloyati faollari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlarida So'x tumani hokimi bu yili ham So'x tumani bitiruvchilariga kvota berish taklifini berishgan. Albatta, bu taklif ham davlatimiz rahbari tomonidan ma'qulansa, So'xlki talabalarga yana bir katta imkoniyat eshigini ochadi.
Biroq, barcha maktab talabasi va bitiruvchilar o'z kuchi va bilimiga tayanib, o'rganishlari va izlanishlari lozim bo'ladi. Zotan, "Intilganga tole yor" deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz.
Uchrashuv davomida bitiruvchilarning ota-onalari ham so'z olib, berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, farzandlarini vatanparvarlik ro'hida tarbiyalab voyaga yetkazishga va'da berdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati