Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mas'ud Mirzo tavalludining 60 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy do'stlik kechasi tashkil etildi

×

 2022-06-30 17:53:30    80

PDF yuklash
Chop etish


Mas'ud Mirzo tavalludining 60 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy do'stlik kechasi tashkil etildi

         Farg'ona davlat universitetining filologiya fakultetida taniqli ijodkor, viloyat tojik milliy madaniy markazi rahbari, Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi, jurnalist Mas'ud Mirzo tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Shasti saodat” nomli adabiy-musiqiy do'stlik kechasi tashkil etildi.

         Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Respublika tojik milliy madaniyat markazi rahbari Gulandon Subhonova, tojikistonlik va yurtimiz shoirlari, olimlari, viloyatdagi milliy madaniy markazlar rahbarlari ishtirok etdilar.

         Do'stlik kechasida Mas'ud Mirzoning ijodkor sifatida o'zbek va tojik xalqlarining adabiy, ma'naviy aloqalarini yanada mustahkamlash borasidagi xizmatlari alohida e'tirof etildi.

         Mas'ud Mirzo 1962 yil 4 iyunda So'x tumanida tug'ilgan. Konibodom pedagogika bilim yurti, Dushanbe davlat pedagogika universitetining tojik filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

         Bir muddat “Sharaf” (Tojikiston), “Rishton haqiqati”, “Sadoi So'x” gazetalari, So'x televideniyasi, Farg'ona viloyati teleradiokompaniyasida muharrir bo'lib ishlagan.

         Hozirda viloyat teleradiokompaniyasining tojik bo'limi bosh muharriri, Farg'ona davlat universiteti filologiya fakulteti, tilshunoslik kafedrasi o'qituvchisi hamda viloyat tojik milliy madaniy markazi rahbari bo'lib faoliyat olib bormoqda.

         Mas'ud Mirzo she'rlari O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston davriy nashrlarida, majmualarida chop etilgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati