Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ikkinchi sektorda ezgu amallar ko'lami kengaymoqda

×

 2022-06-30 17:46:02    110

PDF yuklash
Chop etish


Ikkinchi sektorda ezgu amallar ko'lami kengaymoqda

         Tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, tuman ishlab chiqarish salohiyatini tumanning yosh tadbirkorlari ishtirokida kupaytirish maqsadida berilayotgan e'tibor tufayli kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ushbu hududlar yosh tadbirkorlar ixtiyoriga berilmoqda.

         Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini hududida ham yoshlar kichik sanoat zonasi tashkil etilgan va mazkur mintaqa faoliyatini yo'lga qo'yish va elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida viloyat hokimi ko'magi bilan transformator olib kelindi va ayni kunda soha vakillari tadbirkorlarga elektr energiyasi yetkazib berish bo'yicha amaliy ishlar olib borishayotir.

         Hududda bo'lgan tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlarni sifatli etib bajarishi bo'yicha soha vakillariga o'zining taklif va tavsiyalarini berdi.

         Shuni ham alohida qayd etish lozimki, ayni kunda ushbu hududda yana bir ezgu ishga qo'l urildi. Maxsus loyiha asosida Hazrati Ali sel yo'lini ta'mirlash belgilangan va quruvchilar ham shu ishga kirishish uchun bugun bel bog'lashdi.

         Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi Subhonali Nishonovning so'zlariga ko'ra, mahalla yoshlar sanoat zonasida barpo etilgan yangi sport maydonchasida mahalla yoshlari o'rtasida mini futbol turi bo'yicha “Prokuror kubogi” o'tkazilishi rejalashtirilgan. 

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati