Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023-YILDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

×

 2022-06-29 16:38:30    128

PDF yuklash
Chop etish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023-YILDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Аholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.Аholini ro‘yxatga olish – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi aholining rasmiy hisobga olish bo‘lib, barcha aholining ijtimoiy va demografik tavsiflari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yig‘ish hisoblanadi. Bu tadbir kishilar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish jarayonlarini, shuningdek demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma‘lumotlarni baholash, e‘lon qilish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.       

Аholini royxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?

Birinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste‘mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

Ikkinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.

Bunday ma‘lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan va jamiyatni axborot bilan ta‘minlash uchun zarurdir.

            So'x tumani hokimligi Axborot xizmati