Tekshuruvdan oldingi tahlillarda ko’p aniqlanayotgan xatoliklar
2022-06-20 19:56:01 166
Tekshuruvdan oldingi tahlillarda ko’p aniqlanayotgan xatoliklar
Davlat soliq organlari tomonidan soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subektlari hisobotlari asosida teksuruvdan oldingi tahlil o’tkazish yo’lga qo’yilgan.
SHu asosida tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to’lovchilarga tushuntirilib, o’tqazilish ehtimoli bo’lgan tekshuruvlarning oldi olinmoqda.
Tekshuruvdan oldingi tahlilar davomida ko’p uchrayotgan holatlardan biri Sug’urta tashkilotlari tomonidan foyda solig’I hisobotini taqdim etish jarayonida sug’urta xizmatlari ko’rsatishdan olingan daromad summalari notug’ri aks etirish holatidir.
Kamchiliklarni bartaraf etish uchun sug’urta tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy natijalar to’g’risida hisobotining 060-satr 5-ustunidagi aks etirilgan summalarini foyda solig’I hisobotining jami daromadlar ilovasi 020-satrda to’gri aks etirilishi lozim.
Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo’yicha 2021-yilda 13ta sug’urta tashkiloti soliq hisobotlarida jami 53,9 mlrd so’mlik tafovutlar aniqlangan.
Lezingga olingan mol-mulk uchun ijara shartnomasi “E-ijara” xizmatida qanday ro’yxatdan o’tqaziladi.
Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi bo’lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinch taraf (lizing oluvchining) topshirig’iga binoan uchunchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obektini) mulk qilib oldi va uning lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va uning lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o’n ikki oydan ortiq muddatga berildi.
Soliq kodeksi 54-modda
Tadbirkorlik faolyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaudigan har qanday ashyo lizing ob’yekti bo’lishi mumkin, shu jumladan;
-- Korxonalar
-- mulkiy komplekslar
--binolar
--inshootlar
--uskunalar
--transport vositalar hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulk.
Lizing oluvchi lizing shartnomasi bo’yicha olingan mol-mulkdan tadbirkorlik maqsadlarda foydalanish shart.
Agar lizing oluvchi (yuridik shaxs) lizing asosida kuchmas mulkni ijaraga bersa, u ijara shartnomasini “E-ijara” xizmatida ro’yxatdan o’tkazishi zarur.
Buning uchun lizing beruvchi:
- ERI kaliti yordamida ijara.s soliq.uz saytiga shaxsiy kabinetiga kiradi.
- Yuqori menyuda Lizing bo’limitanlaydi
- Lizingga berilayotgan kuchmas mulk to’g’risifa ma’lumotbo’limida
Ochilgan ro’yxatdan kerakli ko’chmas mulk tanlaydi
Lizingning boshlanishi va to’galishi sanasi ko’rsatiladi.
- Lizing oluvchi to’g’risida ma’lumot, bulimida mulkni ijaraga olgan yuridik shaxs STIRni kiritadi tizimda yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi va manzili avtomatik ravishta aks etiradi.
- Yuborish tugmasini bosadi.
Yuqoridagi ammallar bajarilgach, lizing oluvchi kuchmas mulkni ijaraga berish shartnomasini ro’yxatdan o’tqkazishda ko’chmas mulk o’bekti qatorida ochiladigan ro’yxatda o’zi ijaraga berayotgan ko’chmas mulkning kadastr raqami aks ettiradi.