“Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
2022-06-11 09:28:18 157
“Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Tumanimizda “Yoshlar oyligi” doirasida turli tadbirlar va sport musobaqalari o'tkazilmoqda. Tashkil etilayotgan tadbirlardan asosiy maqsad jamiyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iboratdir.
Bugun Qal'a mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Ilhomjon Mulloyevning tashabbusi bilan mahallada “Sog'lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida marafon o'tkazildi. Ushbu sport tadbirida mahallaning 7 dan 70 yoshgacha bo'lgan fuqarolari fa'ol ishtirok etishdi.
Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, mahalla yosh sportchilari turli sport musobaqalarida faol qatnashib, birinchilikni qo'lga kiritishmoqda. Jumladan, yaqinda Mudofaa vaziri kubigini qo'lga qiritish uchun tashkil etilgan sektor kesimidagi tosh ko'tarish va milliy kurash turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda mahallaning yosh sportchilari 65 va 81 kilogrammdagi vazn toifalarida g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
Shuningdek, bugun tumanimiz hududlarida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yosh musavvirlar” tanlovi o'tkazilmoqda. Bu tanlovda ham Qal'a mahalla yoshlari faollik bilan ishtirok etishayotir.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati